ChehMik:
Erta tursang kuning barakali o'taadi" buvisining gapini ichida takrorlagancha,mashina oynasiga engashgan qizga qarab,
-Qayergga borasiz,singlim?,-dedi.
Qiz "Necha pul berasiz?" degan savolga ham o'rin qoldirmasdan (taksiga muntazam chiqishi natijasida qaysi gapdan so'ng qanaqa gap kelishi yod bo'lib ketgan bo'lsa kerak),shosha-pisha "Chilonzorga,ikki yarim ming so'm " dedi.
-Uch ming bo'ladi,singlim deya,"Uzoq yo'l,benzinning narxi qimmatlashib ketgan,bizda ham oila,uy-ruzg'or bor,ozroq qo'shaqoling" kabi navbatchi so'zlarga endi og'iz juftlamoqchi bo'lgan qahramonimizni ko'p urintirmasdan,qiz darrov Nexianing orqa eshigini ochib,joylashib oldi.
Mashina keng va ravon yo'llardan yelib borar,qiz esa oynadan har kungi ish,yumushlariga shoshayotgan odamlarni,avtobus to'la talabalarni,yo'l chetidagi kioskasini ochayotgan soqolli amakini,velosipedining orqasidan issiq nonning bug'i chiqib turgan non tashuvchi bolakayni jimgina ko'zlari bilan kuzatib borar,xayolini esa kechagina olgan xatdagi so'zlar qamrab olgandi.Maktubda shunday tahqirona,zardali so'zlar bitilgandi: ....Muhtaram o'quvchidan uzr so'raymizki,"ko'hlikikina qiz" xatdagi so'zlarni endigina eslay boshlagan ham ediki,sumkasidan sho'xchan musiqa sadolari taralib,kimdur uni yo'qlayotganini bildida, maktub va borliqni unutib,sumkasini titkilay boshladi.(Taassufki,"ko'hlikkina qizning" bunchalik o'ychan bo'lib qolishiga sababchi bo'lgan xatda qanday so'zlar bitilgani bizga ham qorong'u bo'lib qoldi,garchi mening ham bu maktubdagi so'zlarni bilishga bo'lgan qiziqishim siznikidan aslo kam bo'lmagan bo'lsada).
Nihoyat,mashina kelishilgan joyga yetib keldi va qiz cho'ntagidan 3 yarim ming so'm olib,yo'l davomida yodimizdan ko'tarilgan qahramonimiz--Titanga tutqazdida,chopqillagancha yerosti yo'li sari yugurib ketdi.
Titan ,"500 so'm ortiqcha beribsizu" degancha qizning orqasidan yuguraman deb turganda,orqa o'rindiqdan yana o'sha sho'x musiqa eshitildiyu qahramonimizning asabiy "Obbooo!" degan so'zi atrofdagi kirakashlaru sotuvchilarning turfa baqiriq-chaqiriqlari orasida eshitilmay ketdi.....
(davomi bor...)