Assalamu alaykum.
Shokirbek aka, Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Albatta, biz gunohkor va xatokor insonlarmiz,har bir inson kabi. Bu xatolarimizni to'g'rilash va qayta bu xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun esa,InshaAlloh, qo'ldan kelganicha harakat qilamiz. Alloh sizdan rozi bo'lsin.
ChehMik,Alloh sizdan rozi bo'lsin. Yana vaqtingizni va asabingizni sarflab uzuuun post qilishni hojati yo'q edi.Eski gaplar tinchigan, men esa shunchaki Shokirbek akani fikrlari xolis va ibratli bo'lgani uchun, u kishiga minnatdorchilik bildirish uchun post qildim, xolos.U postda umuman sizga aloqasi bor gapni o'zi yo'q. Bu yerda jabrdiyda ham, gunohkor ham yo'q. Ozgina bir-birini tushunmovchilik bo'ldi,xolos. Yana bir bor aytaman, men hech kimni meni haqimda xato o'yladi degan fikrda emasman va bu faqat ayol nazari bilan qaraganda sal xato ketgan savol va javob edi. Buni esa tushunishga siz ojizsiz.Chunki siz erkaksiz....Men sizni hech narsada ayblamadim va ayblamayman ham.
Muhammas Sohib, bu yerda ham sizga atalgan fikrni o'zi yo'q. Shoir haqida esa fikrlarimni aytganman. Yana qaytarishni hojati yo'q, siz tushunmagan bo'lsangiz ham.U yerda xolis fikrimni aytganman. Siz sanab o'tgan userlarni hurmat qilaman. Xuddi men ularga qarshi gapirgandek fikr tashlamang bu yerga. Bu chiqishlarni esa o'z fahmingiz yetar darajada tushungan bo'lsangiz men xursandman. Alloh sizdan rozi bo'lsin. Bu yerda xolislikdan gap ketibdi, siz esa menga atalgan "go'zal" so'zlaringizni omma ichida aytibsiz, men ham sizga bir maslahat beray: Hadeganda, doimo, biror, bahs yoki tortishuv bo'layotgan joyda fikr tashlashingiz shart emas. Buni sizga hech qanaqa foydasi yo'q, deb qo'rqaman. Bu yerda Shokirbek akaga rahmat aytish uchun post qildim. Sizni bu narsaga aralashishingiz va yana paytdan foydalanib, menga o'z so'zlaringizni aytishingiz, besamar ketadimi, deb qo'rqaman. Shuning uchun o'zingizga foydali bo'lgan va boshqalarga ham foydasi tegadigan joylarda post qiling.
PS: Hurmatli erkaklar, nima gapingla bo'lsa, sizlardan iltimos,PMda yozingla. bu mavzuga shu yerda nuqta qo'yinglar. Ayollarni har bitta gapini tahlil qilib, post qoldiraverish sizalrga yarashmaydi. Alloh sizlardan rozi bo'lsin.