Iltimos yana qo'zg'amoqchimasan demanglar, lekin mening Saltanat opaga savolim bor.
Men chet elda yashayman. 3 oy oldin xotinim qizim bilan O'zbekistonga qaytishdi.
Xotinim bilan deyarli har kun telefonda gaplashib turamiz. U menga, men unga ishonaman. U ko'p xotinlikka ruxsay borligini biladi, men ham bilaman. Agar unga ering boshqa ayol bilan qo'l ulshashib salomlashdi deyishsa, ishonishi jufa ham qiyin.
Agar men bu yerda unga aytmasdan, 2 xotinga uylansam, uning menga bo'lgan ishonchiga nisbattan xiyonat qilgan bo'lamanmi yo'qmi? Savol davom etmoqda. U bilan deyarli har kuni telefonda gaplashsamu, unga bildirmay uylanganimni aytmasam, sen mening yagona xotinimsan deyishga davom etsam, bu uni aldashMI YO ALDASH EMASMI Bir kishini aldash unga xiyonat qilishmi, yo xiyonat hisoblanmaydimi?
SAVOLARIMGA JOOB KUTIB QOLAMAN. BU SAVOL BARCHA QIZLARGA EMAS, SALTANAT OPAGA BERILDI. iLTIMOS SAVOLNING YUQORIDAGI GAPLAR BILAN ALOQASI YO'Q, SHUNCHAKI BERILGAN SAVOL DEB QABUL QILING.
Savol uchun rahmat. Qo'limdan kelgancha javob berishga xarakat qilaman.Albatta o'z qarashlarim asosida.
Ishonch nima? Ayol kishi o'z eriga ishonadi, chunki---Oilasidagi o'z o'rniva haq-huquqlaridan foydalanayotgan erim albatta oilamiz oldidagi o'z burchlarini ham bajaradi.--- deb o'ylaydi va ishonadi.Agar er aqlli o'z yaqinlarini va atrofidagilarni bir-birlariga g'animat ekanlarini tushunadigan bo'lsa, albatta oilasi oldidagi o'z burchlarini juda chiroyli bajaradi va juftining ishonchini oqlaydi.Bu narsa ko'zga ko'rinib turgan ishlarda o'z ifodasini topadigan xolat.Endi ko'zga ko'rinmaydigan ko'ngil ishonchiga keladigan bo'lsak barcha erkaklarimiz shuni unutmasinlarki ayol o'z eriga har qancha ishonmasin, baribir ko'ngillarining tub-tubida bitta hadik bo'ladi, bu hadik
Erim mandan boshqa ayol bilan yashashlikni tasavvur qilarmikin? Ana shu hadik ayol ko'nglida goh-gohida o'zini borligini bildiraib turadi.Ana shu hadik sabab ayol ko'nglida rashk olovlanadi.Ana shu hadik sabab eriga muhabbati yanada oshib boradi, buning natijasida ayol eriga yanada go'zal mumala qilishga, uning ko'nglining tanho malikasi bo'lishga tirishadi va o'zining mehr muhabbatini har bir ishida bildirib turishga xarakat qiladi.Haqiqatan ham qattiq sevganligi sabab eri uchun shu hadik, yani -- erim mandan boshqa ayol bilan yashashliknihattoki tasavvur ham qilmasin--deya qilgan harakatlari sabab sizning ishonchingizga kiradi va o'zi ham sizga o'ziga ishongandek ishonadi. Va yana shu hadik sabab ko'nglida sizga ishonmaydiga nuqta ham bo'ladi, chunki inson qalbi tabiatan o'zgaruvchan bo'li yaratilgan, bu o'zgaruvchanlik uni sizga bo'lgan mehrini emas balki sizning o'ziga bo'lgan munosabatingizdan o'zgarib qolishidan cho'chitadi.
Erning ikkinchi xotinga uylanishi anashu ishonchga hiyonatmi?
Yuqoridagi qarashlarimdan kelib chiqib shuni ishonch bilan aytamanki, aqlli, o'z oilasini qadrlaydigan erlar uchun bu narsa oilasiga, xotinining ishonchiga xiyonat emas.(Endi faqat o'z nafsini, o'z xuzurini o'ylaydigan xudbin erlar uchun xotinlarining ishonchiga xiyonat qilishlari bu qiyin ish emas, buning uchun uylanish ham shart emas.) Chunki aqlli erlar o'sha ishonchning yaratilishi uchun ayoli ozmuncha mehnat qilmaganligini biladi va u mehnatlarni qadrlaydi.Ikkinchi ayolga uylansada o'zining ko'nglidagi birinchi ayoliga atab qurgan qasriga ikkinchi ayolini kiritmaydi,ya'ni birinchi ayoliga bo'lgan mehr muhabbati, muruvvatida davom etadi.Xattoki birinchi ayoli unga muruvvat ko'rsatib yana uylanishini tushunganligi uchun bu ayoliga oldingidanda mehrliroq bo'lib boradi.Chunki ikkinchi ayoli ming go'zal bo'lsin, ming aqlli bo'lsin hali bu erni qadriga oldingi ayoliday yetadimi, yo'qmi buni shu uylangan erning o'zi ham bilmaydi.Bu narsani bilishi uchun vaqt kerak bo'ladi.
Agar siz uylanadigan bo'lsangiz ayolingizga --yagona xotinimsan -- deyishda davom etmasligiyzi maslahat beraman.Lekin roziligini olmay uylanishga haqqingiz bor.Yolg'on gapirishlik, aldashlik sanaladi. ---Yagona--- degan so'zingizni davom ettirolmaysiz. Aldashlikning o'zi yolg'onchi munofiqlarning fe'llaridir.Yolg'onchilik va munofiqlik bilan ko'p ishlarni qilsa bo'ladi, shu jumladan xiyonatni ham.
Yana bir narsa sizni oilangiz bor, demak oila oldidagi erkaknning mas'uliyatini bilasiz.Ikkinchi ayolga uylanmoqchi ekansiz o'zingizga savol berib ko'ring:
1) Man oilam oldidagi mas'uliyatimni bajara oldimmi?
2)Kelishmovchiliklar qarshisida sabr va aql bilan ush ko'ra olamanmi?
3)Murosasizlar bilan murosa qila olamanmi?
4)Bu oilalalarimni oxirigacha olib keta olamanmi?
Agar shu savollarga javob berishda qiynalmasangiz uylanish uylanmaslik sizning ixtiyoringizda. Agar uylanadigan bo'lsangiz ayolingizning nafsi ko'tara olmaydigan xolat bo'lsa keyinchalik noxush xolatlar chiqmasligi uchun forumdoshimiz Muhammad Sohib aytganlaridek ayolingizga asta-sekinlik bilan tushuntirib borib bu ishingizni amalga oshirsangiz bo'ladi.
Bu mani fikrim xolos, bergan savolaringizga javob bera olgan bo'lsam bo'ldi.