Bir o’zbekcha kalima
Peshin namozidan so’ng mehmonhonaga qaytayotgan edik. Oldimizda bir yigit ayoli va chamasi uch-to’rt yo’shli qizchasi bilan ketardi. Bir payt qizchaning sof o’zbek tilida:
- Dadajon, menga manovi uyinchoqni obering, - degani eshitildi. Hammamiz haligi qizchaga yalt etib qaradik. Quloq solsak, yigit ham, xotini ham sof o’zbekcha so’zlayotgan ekan. Tilimiz nihoyatda shirin tuyuldi.
Anchagacha jim ketdik. Mehmonhonaga yaqinlashganimizda sherigimiz Saidumar aka gap qotdi:
- Qarang-a, bu qizchaning gaplarini eshitib yig’lavorishimga sal qoldi. Bular O’zbekistonimizni ko’rishmagan. O’zimizda bo’lsa, o’zi o’zbek, ota-onasi o’zbek, ammo o’zbek tilini bilmaydiganlar bor, - dedi.
Hammamiz u kishining so’zlarini ma’qulladik.