Turkiyada men tanishgan O'zbeklar asosan Vodiydan insonlar edi. Yuqorida İftordan bahsetdim. Shu o'rinda bir voqeani aytib beray. Bir o'qituvchimiz bilan Turkiyalik oilalardan birinikiga mehmonga davat etildik. Boradigan kunimiz o'qituvchimning Londondan İngiliz o'rtog'i keladigan bo'lib qoldik. Mehmonga u kishini ham olib bordik. Bordik, ovqatlar yedik, choylar ichdik. Oilaning 3 farzandi, 1 o'g'li, bir qizi bor edi. Sekin sekin turaylik, dedilar o'qituvchim. Men anchadan beri oila davrasida bo'lmaganim uchun yana ozgina qolay, oilaning qizlari bilan biroz suhbatlashay, o'yin o'ynay, dedim. Mayli, dedilar men ham qoldim. Londondan kelgan mehmon esa, nim debdi bilasizmi, bu qiz bu oilani qanchalik taniydi, bolalarni ilgari ko'rganmidi, balki yetarlicha vaqtlari yo'qdir. Bularni eshitib juda hafa bo'ldim, hatto yig'ladim. İngliz mehmonga, biz sizlarda sovuqqonli insonlar emasmiz, bir tavoq ovqat yoki bir piyola choy biz Musulmonlar uchun hech qachon og'irlik qilmagan. Sizlar ota-onangizni uyiga borar ekansiz, oldin telefon qilib ruhsat olasiz, keyin borasiz.
Mehmondorchilik manosida bizni O'zbeklarga teng keladigan hech kim yo'q bo'lsa kerak. O'ylab qarang, hech birimizni yaxshi tanimasdan, eshiklarini bizga ochdilar. Aylollari Xudo biladi birkun oldindan tayyorgarlikka boshlagandirlar. Talabaga iftor berish Olloh qatida eng hayirli ishlardan biri ekan. Rabbim bizlarga ham bu savoblardan qozonishni nasib etsin insholloh.