O'g'lim, mana shunaqa insonlarning borligi insoniyatga kuch bag'ishlaydi. Ilmiga amal qiluvchi ulamo — Allohning do'sti. Ular xalqni Haqqa sevdirishga harakat qiladi. Rasululloh(s.a.v.) bular haqida: "Avliyo shunday kishidirki, xalqni Haqqa sevdiradi, yer yuzidagi barcha insonlarga nasihat qilib yaxshilikka yetaklaydi. So'ziga amal qilmoqchi (sen ergashmoqchi bo’lgan. — Tarj) bo'lgan zotlar ilmi ila omil ulamoi omiliyn, urafoyi vosiliyn va umaroi mashg'uldir", deganlar.
O'g'lim, ilmli kishi, payg'ambarlar axloqini o'rganadi, yomon fikr-xayollardan yiroq bo'ladi. Qo'pol so'zlarni ishlatmaydi. Doimo muloyim, xushhulqlilik bilan ko'ngilga yo'l topadi. Rasulluloh(s.a.v.) insonlar bilan aql darajasiga qarab muomala qilishimizni tavsiya etadilar. O'g'lim, inson bilimlarni egallashi uchun kibrlanmasligi kerak. O'g'lim, Imom A'zamdan: "Ilmlarni qanday qilib egalladingiz", deya so'rashibdi. U: "Kichikni kichik demadim. Kattani katta demadim, hammani tingladim", debdi. Demak, sen ham doimo kibrdan yiroq bo'lib, kichikni kichik, kattani katta demasdan tingla. To'g'ri nasihat inson qalbiga davo, haqiqiy shifo bo'ladi. Nasihat tinglovchi va nasihat beruvchi bo'lgin. O'rni kelganda so'zla.