Assalomu alaykum birodarlar!
Hammalaringizga Ramozon qutlug' bo'lsin!
Juda dolzarb mavzu ko'tarilgan. Yuqoridagi fikrlarning ba'zi birlari bilan tanishib chiqdim.
Menimcha bugungi kunda ona tilimiz "yuzida" ikkita "chandiq" paydo bo'ldi. O'qingizlar-u, agar noto'g'ri bo'lsa aytingizlar. Ulardan birinchisi, uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan tilni buzib va boshqa qillar so'zlari bilan qorishtirib gapirish. Ikkinchisi esa, meni kechiringizlar-u Toshkent shahri. Nima uchun desangiz, azizlar bir televideniega yoki radioga e'tibor beringizlar ular qanday gapirishayapti. Votti-votti bo'lib ketdi-ku hamma yoq. Insoflaringiz bormi o'zi, madaniyatdan asar ham qolmapti-ku.
Men o'zim "J" lahjasiga gapiruvchi qishloqlardan biridanman, lekin qishloqda balkim shevada gapirarmiz, ammo shaharda albatta badiiy tilda gapiraman. TV va radioni tinglab faqat jig'ibiyronim chiqadi. Yana marhamat qo'shiqchilar ham boshlashdi aralash-quralash qilib...
Va Alaykum as-Salam va Rahmatulloh
Brother, to'g'risi sizni sheva haqidagi gapingizga uncha qo'shila olmayman, chunki shu shevada gapirib katta bo'lgan odamlarga boshqa shevada gapirishlik qiyinchilik tug'diradi, shuning uchun Alloh hohlagan joyda tug'ilib, o'sha shevada gapiradiganlarga unaqa munosabatda bo'lmang, balki radio va TVdagi ayrim bachkana narsala to'g'ridir, lekin votti-vottilab gapirish shu yerliklar uchun tabiiy, boshqalar uchun o'zining shevasi tabiiy, shuning uchun buni ayb sanamang!
Avvalo jargon so'zlarni gapirish islomga to'g'ri kelmaydi, islomda chiroyli gapirish lozim. Lekin hozir tilimizda ayrim ruzcha so'zlarni ishlatib gapirish osonroq bo'lib qolgan, to'g'risini aytsam shu soz'lardan foydalanib gapirilsa osonroq, lekin albatta buni Mass mediada chiqarish yaxshi emas, lekin bundan saqlanishga harakat qilish kerak!