«Nuh aytdi: «Parvardigorim, yer kofirlaridan biron hovli-joy egasini qoldirmagin. Chunki Sen agar ularni (er yuzida) qoldirsang, ular bandalaringni yo‘ldan ozdirurlar va ular faqat ko‘rnamak, nopok (kimsalar)ni tug‘ib-ko‘paytirurlar». (Nuh, 26-27)
Ba’zi rivoyatlarda aytilishicha, Nuh alayhissalomga iymon keltirgan, uning kemasida jon saqlab qolgan mo‘min va mo‘minalar soni bor-yo‘g‘i saksonta bo‘lgan. 950 yillik da’vatlari hosilasi edi bu!
Keyingi qavmlar ham Nuh alayhissalom qavmlaridan deyarli farq qilmaydi. Biz Od, Samud, Tubba’ va boshqa qavmlar qissasidan xabardormiz. Ularning barchalari o‘z payg‘ambarlarini yolg‘onchiga chiqardi va natijada Alloh azobiga duchor bo‘ldilar. Chunki ulardan ham, zurriyotlaridan ham biror yaxshilik chiqishi umid qilinmadi.