Jamiyat va inson > Pazandalik

Bayram-Hayit dasturxonimizga marhamat:)

(1/3) > >>

Ansora:
Assalomu alaykum. Mana bayramga ham oz qoldi. Hayitga nimalar pishirmoqchisizlar muhtarama ayol-qizlar:)

Yoki nimalar "zakaz" beryabsizlar hurmatli yigitlar, oila boshliqlari?

Men ham 3-4 kun bemalol turadigan u bu yegulik pishirib qo'ymoqchi edim.

Bayramda bezatilgan dasturxon rasmini olinglar maylimi, baribir o'zimizni dasturxonlar boshqacha bo'ladi-da:)

Abdumuhaymin:
Shu turkcha chak-chak borakanmi? Retsepini yozsela shunaqasidan zakaz qvoramiza.

Muallim:
Va alaykum assalam,

Siz Turkiya'liklar, Fransuz va yana Qirg'izlarga inshaalloh bu yilgi mohi Ramazonni to'liq (30 kun) tutish nasib etdi. Iyd'ga el qatori Payshanba kuni kirayapsizlar, shundaymi?

Alloh xursandchiliklarni, rahmati va barakasini ziyoda qilsin.


--- Iqtibos: Ansora  06 Avgust 2013, 12:02:44 ---nimalar "zakaz" beryabsizlar hurmatli yigitlar, oila boshliqlari?
--- End quote ---

Zakaz beradigan xich kim yo'q :) .., shu yerdan tomosha qilib qo'yaveramiz tortinmasdan qo'yaverilar...

Free delivery'ga ham yo'q demimiz, hayitli bo'ladi :D)


Bizga mehmon bo'lib turgan mohi Ramazonning, do'zahdan panoh bo'lgan oxirgi o'n kunligining so'nggi g'animat vaqtlari qolayapti...
Ushbu damlarda "Allohumma ajirna minan nar"ni aytishni, istig'forni ko'paytirishni unutmaylik...

Alloh, G'ofurur Rohiym hammamizni Iyd ul-Fitr'ga onadan yangi tug'ilgandek bo'lib chiqishni nasib etsin (ameen)

Mo'min Mirzo:
Va alaykum assalom. Ansora opa, mabodo turk taomini qanday tayyorlashni o'rgatib yubormoqchimasmisiz?

كوثر:
As.al.
Biza hayit dasturxonimizga : chak-chak, bo'g'irsoq, zavarnoy, pizza va hkzolar tayyorlamoqchimiz.
va albatta sovg'alar ulashishshiyam unutmimiz in shaa Alloh.
woy shunaqa qiziqib ketvomman manga berishadigan hadya nimaykin dib.
lekin man beradigan hadyalarim tayyor !!!

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version