Translate to Uzbek, please...
Bismillahir rohmanir rohiym!
Yo Olloh, Yo Rahmon, Yo Rahiym, Yo Fard, Ya Hayy, Yo Qayyum, Yo Hakim, Yo Adl, Yo Quddus!
Ismi A'zamingining hurmatiga, go'zal ismlaringning hurmatiga, Qur'oni hakim va va suralarining, oyatlarining, sirlarining, nurlarining, kalimalarining va harflarining hurmatiga, Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning, ul zotning mo'jizalari, kamoloti, shariati va sunnatining hurmatiga, uning ahli baytlari, sahobalari va yordamchilari va ularning din yo'lidagi jiddu-jahdlari hurmatiga.
Ey zolimlarni shiddat bilan jazolovchi bo'lgan Allohim... Zolimlarning zulmlarini Senga havola etamiz. Yordamchimiz, himoyachimiz, sohibimiz faqat Sensan!
Ey yordamchisi bo'lmaganlarning ko'makchisi! Holimini eng yaxshi Sen bilasan, bizlarni O'zing qutqar!
Ey himoyachisi bo'lmaganlarning eng buyuk himoyachisi! Senga o'zimizni topshirdik, bizlarni muhofaza et!
Ey O'zingdan inoyat so'raganlarga inoyat ato etgan Rabbim! Bizga ham inoyat etki, yiqilgan joyimizdan qalqaylik!
Ey O'zingdan yordam so'raganlarga yordam etuvchi zot! Ismi Jabboring bilan bizlarga haybat va jalol ato et va ushmonalarimizning qo'llarini bizdan chekintir!
Yo Ilohi, bizning umidimiz va sayyidimiz yolg'iz Sensan! Bizni tahqir etmochgi bo'lganlarni O'zing mahv ayla!
Habibi Akram SAV uchun, Sening rizoligingda yig'lagan ko'zlar uchun, mahzun bo'lgan bu yuzlar uchun Islomga zafar ber, Yo Rabbiy...
Omin... Omin... Omin...