Zoniyalar bilan ayshu-ishrat qilib yurgan bo’ydoq yig’itga "Nega zino qilasan? Yaratgandan qo’rqmaysanmi? O’zingga shunaqa hotin uchrasa nima qilasan?" - deb so’ralganda, ular kerilib javob beradi: "Bunaqa qizlar bilan kayf qilib, uyda o’tiradigan, ko’cha ko’rmagan qizga o’ylanish kerak, o’ylanganda esa bo’zilgan qizni man ajrata olaman!".
Lekin hozir hech kimga sir emas, tibbiyotda pul uchun hech narsadan qochmaydigan, qizlarga zino qilishi uchun ulkan imkoniyatlar ochib berayotgan ginekolog-vrachlar("œtikuvchilar") bor. Avvaliga o’ylardim, nahotki o’ziga shunaqa kelin kelishi mumkinligidan qo’rqmaydi bular deb. Keyin bitta ginekolog ayolning gapini eshitganimda og’zim ochilib qoldi: "Man mana shu ish orqasidan bir yarim yil ichida DONSli bo’lib oldim. Ularni tushunaman, har bir ayol bahtli bo’lishga haqqi bor. Man ularga imkoniyat yaratib beryapman. Manga pulini yahshi to’lasa buldi, gunohi o’ziga".
Turmushdan qaytgandan so’ng ba’zi ayollar boshqa yallo qilib yurgan zoniyalarga havasi kelib, o’z tanasini birovlar ihtiyoriga bera boshlaydilar. Bunday ayollarni ko’rsam juda ham ichimdan ezilaman. Lekin shunaqa ayollarni yo’ldan urib, zino qilishga da’vat qilayotgan erkaklarchi? "Hey birodar, nega zino qilasan? Ahir bu ishning haromligi va katta gunohligi haqida eshitmaganmisan?" deb qaytarishga harakat qilsak, "Bevani ko’nglini olsang savob bo’ladi!" deb haromni halolga chiqarib, maqtanib ham qo’yishadi.
Man hozir Amir Temur Hiyoboni, Qatorrtol yoki boshqa yerlarda "tirikchilik" qilayotgan zoniyalar haqida gapirmadim. Ko’pchilik erkaklar ularga nafrat bilan qaraydi: "Aqli bor kishi bundaylar bilan uchrashmaydi!" deyishadi. Ular yaratgandan qo’rqqani uchun shunday deyapti deb hursand bo’lib: "Nimaga?" deb so’rayman. Ularning esa: "Bilmaysanmi, kasalning koniku bular, besh minut lazzatdan keyin 100 mingga davolanish - bu ahmoqning ishi, yoki sohta lazzat uchun pul to’lamayman" deb qo’yishadi. Bunday zoniyalardan hazar qiladigan bunday erkaklar o’ziga boshqa "tozasini" topishga intilishi achinarli holdir.
Ha mayli, bu zoniyalarni chetga surib turib, balki o’z mahallalarimizda, ishxonamizda, atrofimizdagi va eng achinarlisi qarindosh-urug’lar orasidagi ma’naviy bo’zilib ketayotgan ayollar haqida gapirmoqchiman. To’g’ri ular o’z badanlarini zoniyalar kabi naqdga ochiqdan-ochiq pullamayotgandir, ammo nafs girdobiga botib ketayotgani, o’ziga sponsor topib olib, "hayot lazzatini" to’liq his qilishga urinayotgani haqiqatdir. Ularning kalta, yelkalari ochiq ko’ylaklari-yu tillo rang sochlari haqida gapirmasam ham bo’ladi. Bu mavzuni siyqasi chiqib ketgan.
Biz bunday ayollarni qaytarishga qanchalik harakat qilmaylik, yonini oladiganlar serob. "Ayol kishi ham tirik jon, uning ham nafsi bor. Nafsini qondirolmay stressda yurgandan ko’ra o’ziga ishonchli bir erkak topib olib, o’sha bilan uchrashib yursa, buni nimasi yomon? Buning ustiga agar toparmon bo’lsa, ayolni kami-ko’stiga yordam beradi" deydi bunday himoyachilar. Bu gaplarni ayollar aytsa tushunishga harakat qilardim, lekin himoyachilarning aksariyati erkaklardir