O'tgan yili o'qishga kirolmadim, bittasini orqasidan rosa yurib yetolmadim, qulog'imda nuqsonim bor va h.k.... MEN ENG BAXTLI ODAMMAN! Chunki, o'tgan yili bo'm bo'sh kalla bilan o'qishga kirib olganimda aniq hech narsa o'rganmay diplom olardim. Hozir, inshaalloh, tayyorlanyapman, nimadir o'rganyapman, shukr.
Bir qizga erisholmadim... Shukrki erisholmadim. Agar erishib, turmush qurgan taqdirimda o'rtada allbatta shayton bo'lardi. Vaqt o'tishi bilan forumdoshlarimdan shuni o'rgandimki, nomahramga sevgi bo'ydoqlikdagi hirs havasdan kelib chiqar ekan. Shukr, vaqtida ko'zimni ochishdi. Qulog'imda nuqsonim bor... Shukr, ko'zimdamas. Qur'on o'qiy olaman, tabiat go'zalligini ko'ra olaman. Shukr, oyog'imdamas. Istagan manzilimga bora olaman. Shukr, ikkala qulog'imdamas, bittasida bo'lsayam eshita olaman! Imomga iqtido qila olaman! Shukr shukr shukr. Men ham baxtli odamman, chunki sizday forumdoshlarim bor axirImomga iqtido qila olaman! Shukr shukr shukr. Men ham baxtli odamman, chunki sizday forumdoshlarim bor axir