COMMENTARIES
The Future Indefinite Tense.
Kelasi noaniq zamon
I. 1. «Future Indefinite» zamoni nutq so‘zlanib turgan paytdan keyin bo‘ladigan ish-harakatni bildiradi. Fe’lning bu zamoni fe’l o‘zagi oldiga I shaxs (birlik va ko‘plik) uchun «shall», birlik va ko‘plik II, III shaxslar uchun esa «will» yordamchi fe’lini qo‘yish orqali yasaladi. Endi «to work» fe’lini shu zamonda tuslaymiz.
The Affirmative Form. Bo‘lishli shakl
The Negative Form. Bo‘lishsiz shakl
Bu zamonning bo‘lishsiz shaklini yasash uchun «shall», «will» yordamchi fe’lidan keyin «not» inkor yuklamasi qo‘yiladi.
Qisqargan shakli quyidagicha:
shall not shan't [$a:nt], will not won't [wount].
The Interrogative Form. So‘roq shakl
So‘roq shaklida «shall» yoki «will» yordamchi fe’li ega oldiga chiqarib qo‘yiladi va shu fe’llar yordamida javob beriladi.
2. Quyidagi so‘z yoki so‘z birikmalari Future Indefinite zamoni ishlatilishi lozimligini ko‘rsatuvchi (signal) turtki so‘zlardir:
1. tomorrow [tс’'mс”rс”u] — ertaga
2. next week [nekst wi:k] — kelasi haftada
3. next month [mА‡n|] — kelasi oyda
4. next year [jс’:] — kelasi yili
5. next summer [nekst'sА‡mс’] — kelasi yozda
6. in a week — bir haftadan so‘ng
7. the day after tomorrow — indinga
Eslatma: Shart va payt ergash gapli qo‘shma gaplar ma’nosi kelasi zamonga tegishli bo‘lsa ham, ana shu shart yoki payt ergash gapda Future Indefinite o‘rniga Present Indefinite ishlatiladi.
Misol: If he comes I shall show him the letter.
When he comes I shall show him the letter.
Shart ergash gapni bog‘lovchi «if» yoki «whether» orqali bog‘lanadi. Payt ergash gaplar bog‘lovchilari quyidagilar: when, as soon as, untill, till, after, before kabilar.
3. Harakatlanishni anglatuvchi to go, to come, to start, to leave, to arrive kabi fe’llari bilan kelasi zamonda bajarilishi aniq bo‘lgan ish-harakatlarni «Present Continuous» zamoni shaklida ifodalanadi.
Misol: The gelegation is arriving in Tashkent tomorrow.
The train is starting in five minutes.
II. The Subordinate Object Clause — Тo‘ldiruvchi ergash gap. Ingliz tilida to‘ldiruvchi ergash gap qo‘shma gapda vositasiz to‘ldiruvchi yoki predlogli vositali to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Тo‘ldiruvchi ergash gap «whom?» (kimni?), «what?» (nimani?) so‘roqlariga javob bo‘ladi.
Тo‘ldiruvchi ergash gap bosh gapga «that», «if», «whether» bog‘lovchilari yoki «who», «what», «which», «when», «how», «where» kabi bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar vositasida yoki bog‘lovchisiz birikishi mumkin.
1. I know that he is at the library now. — (Men bilamanki, u hozir kutubxonada). Men uning hozir kutubxonadaligini bilaman.
2. I am glad that you have passed your exam well. — Men sening
imtihonni yaxshi topshirganingdan xursandman.
3. He said he got a letter yesterday. — U kecha xat olganini aytdi.
4. He asks his friend where he lives. — U do‘stidan qayerda yashashini so‘radi.