Daraxt qurigach, o'tin bo'ladi, dengiz qurisa-cho'l boladi. Vazifasini bajarmagan har qanday narsa yo'qlik sari odimlaydi.
Lekin yana bir jihat bor, shaharda musulmon qolmasa Masjid omborxonaga aylanadi.
Erkak erkaklik vazifalarini qilmagandan keyin, qanday qilib hurmat ko'rsin, bu suvi qurigan dengizda nega baliq yo'q deb bosh qotirishga o'xshaydi. Ayni qoida ayollar uchun ham tegishli.
Javob yozar ekanman, bu mavzuning ildizining qayerlargacha borishini ko'rdim, dilim xufton bo'ldi.
Islomimizni, iymoninmiz asraylik, hurmatli erkaklar va ayollar, shunda hammasi joy-joyiga tushadi.
Iymonning har bir haqiqati, islomning har bir rukni naqadar buyuk, buni tasavvur qilish naqadar qiyin.
Allohim buyukligingning va Hakiymligingning buyukligi miqdorida senga hamdu sanolar bo'lsin.