244-bob Ismi bilinmagan kishini qay tarzda chaqirish xususida
Ismi bilinmagan kishini aziyat berilmaydigan iboralar bilan chaqirmoqlik lozim bo‘ladi. Unda yolgon va laganbardorlik bo‘lmasligi kerak. Masalan: «ey inim», «ey faqih», «ey faqir», «ey sayyidim», «ey bu», «ey falon kiyim, kavush, ot, tuya, qilich, nayza sohibi» kabi chaqirilganlar holatiga qarab chaqiriladi.
734/1. Ibn Xasosiyya nomi ila mashhur bo‘lgan Bashiyr ibn Ma’baddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga ketayotgan edim. U zot bir kishini ko‘rdilarki, u kavushini kiyib qabrlar orasida ketayotgan edi. Shunda «Ey kavush sohibi! Holingga voy bo‘lsin, kavushingni yechgin...», deb hadisni oxirigacha zikr qildilar. Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Mojalar hasan isnod ila qilgan rivoyatlari.