Alloh taolo Shuaro surasida Shuayb (a.s.)ning qavmini bulutdan chiqqan olov bilan halok qilganini, A’rof surasida zilzila bilan halok etganini, Hud surasida esa qattiq ovoz bilan halok etganini bayon qiladi. Allohning azobini takror va turlicha bo‘lganiga qaraganda, Madyan aholisi bilan al-Ayka aholisi Shuayb payg‘ambar qilib yuborilgan ikki qavm deyish mumkin.
Hofiz ibn Asokir «Shuayb payg‘ambarning tarjimasi»da Abdulloh ibn Amrdan shunday rivoyat keltiradi: «Albatta, Madyan qavmi bilan al-Ayka Ashoblari ikki qavm-ummat bo‘lib, ularga Shuayb (a.s.) payg‘ambar etib yuborilganlar». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 165-6et.)
Ulamolar ushbu hadis roviysi Abdulloh ibn Amrning ishonchsizligini aytib o‘tganlar.
Ibn Kasir «Qisasul-Anbiyo» kitobida shunday yozadi: «Alloh taolo al-Ayka Ashoblari ustida qilingan mazammatlar: masalan savdodagi xiyonat, tosh-tarozudan urib qolishlarni Madyan qavmi ustida ham qilgan, ya’ni ikkovining gustohligi va xatolari bir xil bayon etilgan. Shunga ko‘ra, Madyan aholisi va al-Ayka Ashoblari bir qavm-ummat bo‘lib, ular turlicha azoblar bilan halok etilgan». (O’sha manba, 166-6et.)