AbdulAziz, AbdurRahmon, Shokir63, Habib(aka), Abu Muso(aka), Muallim, TITAN_UZ, Abdulloh, Chustiy, Hassan, ZUBAIR, Javik, Al_Laziz87, Muhammad Amin, Nurullobek, Muhammad Sohib, braupovga:
1. Bir yigitga qirq hunar oz degan maqol bor. Shunga ko'ra ko'pchilik muslimlarni tikuvchilik, ayollar sartaroshligi, nonvoylik, zardo'zlik va h.k kasb-hunarlarda uchratyapmiz, sizning fikringizcha bunday kasblarda ularning ishlashlari qanchalik to'g'ri ayniq tikuvchilik va nonvoylik kasbi borasida va o'zingiz ham bu kasblardan habardormisiz, tandirda non yopganmisiz?
2. Sizningcha Mardlik nima, unga qanday tarif berasiz?
3. Tsavvur qiling siz uchun qadrli bir insonning betobligklari sabab og'ir dardga chalinganlar, doktorlarning fikricha ularning o'limlariga sanoqli kunlar qolgan, bunday vaziyatda yaqiningiz uchun nimalar qilgan bo'lardingiz?
4. Qurbon hayitida ilk hadiyangiz va sovg'angizni eslay olasizmi?
(Savollar takroriy yoki uzunroq bo'lsa uzur so'rayman)
Va Alaykum Assalom.
Savollar uchun rahmat, avvallari AbdulAziz berib turardi turli xil savollar, hozir viktorina bilan bo'lib imkon topolmayaptilar shekilli, buni qarang, siz bunga e'tibor qaratibsiz, tashakkur.
Javoblar:
1. To'g'ri aytibsiz, hozir ko'p uchratamiz erkak ayolning,ayol erkakning ishini qilayotgandek go'yo.
Sanab o'tilganlardan birortasi qo'limdan kelmaydi, lekin tugmachamni qaday olaman o'zim. Kiyimimning u bu joyi favqullotda yirtilib qolsa, tika olaman hunuk qilib bo'lsa ham. (O'quvchiligimda,studentligimda ko'p bo'lardi, to'laligim uchun;) )
Lekin ayollar sartaroshligi erkak kishilar uchun emas deb o'ylayman. Erkaklar sartaroshi bo'lsin juda hohlasa. Lekin ayollarning o'ziga ayol sartarosh yahshi.
Nonvoychilar...Bu kasbda men hali ayollarni ko'rmadim. Uy sharoitida tayyorlanadigan nonlarni odatda ayollarimiz qilishadi. Bilasizmi, bu ham huddi osh qilishga o'hshagan narsa. Uyda odatda ovqatni ayol kishi qiladi, to'ylarda esa katta doshqozonlarda erkak kishi qilishi odat tusiga kirgan. Nonvoychilik ham huddi shunday bo'lsa kerak.
Kashtachilik, zardo'zlik endi ayollarning ishi. Men bu borada shunday fikrdaman. To'g'ri, o'sha zardo'z erkak zo'r ustadur, lekin baribir qandaydur erish tuyuladi. Boshqa kasblar: ayollar shifokori - qat'iyan qarshiman, unday "erkak"lar shifokor bo'lishi mumkin, lekin erkak hisoblanmaydi men uchun.
2. Mardlik- pastlikning aksi.
Mardlik-erkak kishinig "tashrif qog'ozchasi".
3. Duoda bo'laman! Robbimdan o'zimga so'ragandek so'rayman! Alloh qodir qilgancha duoda bo'lib, sog'ligim ko'targuncha yordam beraman.
4. Yo'q, o'tgan yilgisini eslayman. Onamga jemper, qaynonamga ham
singillarimga zakolka,obadok,
sovg'a qilganmiz.Adam, ukamgayam bir nimalar olgan edik ayolim bilan kelishib
Har bayram hammaga sov'g'a olishga harakat qilaman. (Izoh:har bayram bu Hayit, Jum'a.)
Rahmat, ertangi farahbaxsh kun muborak bo'lsin!