Alisher Navoiy. Lison ut-tayr (nasriy bayoni)  ( 153492 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 25 B


mutaallimah  29 Yanvar 2009, 22:43:13

CXXI
 
Hudhudning javobi
 
Hudhud dedi:
- Bu ish mushkul bo'lib, Alloh kimning yori bo'lsa, o'shaning ishi oson ko'chadi. Har bir oliy tabiatli kishi bu davlatni qo'lga kiritsa, bu yo'l uchun undan ortiqroq ozuq yo'q. Ya'ni bu yo'lning ozuqasi beozuqalikdir. Kishi har qanday ozuqqa bandi bo'lishdan ozod bo'lmog'i lozim.
Lekin uning sharti shuki, agar bu yo'lga kirgan kishi boshdan-oyoq toat va zuhdini, foyda va ziyonini, bona yo'g'ini - hamma-hammasini jam' etib, haq yo'lida fano o'tida poklasin va o'zi zavq bilan ularni kuydirib, kulga aylantirsin. Bu kulni boshdan-oyoq havoga sovurib, ulardan hech asar qoldirmasin.
So'ngra ko'ngilga afg'on shamoli, balki bu chaman sari nayson shamolini esdirib, qilgan barcha ishlarini mutlaqo ko'nglidan chiqarib tashlasin. Nimaiki ish qilgan bo'lsa, hammasi ko'nglidan chiqib ketsin. U o'z vujudini shu tariqa yo'q qila olsa, bu yo'lga qadam qo'ysa bo'ladi.
Aytadilarki, agar u yaxshi voqif bo'lsa, bu yo'l bir qadam-dan iboratdir. Bu qadam yo'qu borini hech bir asar qoldirmasdan yoqib yuborish demakdir. Bu qadam qo'yilgach, u matlubga yetishadi, hijron o'rtadan ko'tarilib, mahbubga qovushadi.


Qayd etilgan


mutaallimah  29 Yanvar 2009, 22:47:35

CXXII
Hikoyat



Shoh Ibrohim ibn Adham (balxlik shohlikdan voz kehcgan shayx, 777-y.v.e.) degan kishi bor edi. Uning ishi bu yo'lda taslim bo'lishdan iborat edi. U haq yo'lida din murshidi bo'lib, sadoqatli oshiq va pokiza inson edi. Bu yo'lda u mulki, taxti va mamlakatini tikib, boshidagi tojini tark etdi. Yuz ming iltijo bilan egniga janda kiydi.
Halol oshiq bo'lgan bu rind safarga chiqdi. Balxdan Nishopur tomon yo'l olib, u yerni vayron, bu yerni obod ayladi. Bu gavhar o'sha konda maqom tutib, yetti yil bir tog'ni o'ziga makon etdi. Bu yerda u kunduz kunlari ro'za tutar va shomdan to azongacha ibodat qilardi. Kunduzlari vodiydagi o'tin va xaslarni bir quchoq qilib bog'lar edi. Ularni yelkalab, bozorga olib borib sotar va tushgan pulga shom uchun iftorlik olar edi. Shu tarzda ko'p riyozat chekish oqibatida, jismi qiltiriqday bir holga kelgan edi.
Kunlardan bir kun u o'tin orqalab, azob-uqubat chek-kancha shaharga borayotgan paytda bir guruh ruhoniylar uning sulukda nimaga erishganini imtihon qilish uchun yo'lini to'sdilar. Ulardan biri uni bir musht urdi. Shunda faqirlik va yo'qlik yo'liga kirgan ularga shunday dedi:
— Siz istagan narsa Balxdan bu yoqqa yo’l tutganrngda o'sha tomonda qolib ketdi!
Imtihon qiluvchilar: "Hali u yetilmagan ekan, bu o'tin ostida hanuz xom ekan. Chunki Balx hali ham uning yodidan chiqmabdi. U yana bir necha yil shunday mashaqqat chekishi zarur, shoyad mulki yodi uning xayolidan ko'tarilgay",— deyishdi.
Oradan bir yil o'tdi. Yana o'sha ikki-uch kishi uni sinamoqchi bo'lib, yo'Ida ketayotgan holda uchratdi. Ular imtihon shartini bajo keltirib, unga bir musht tushirdilar. Ammo bu safar sultondan hech bir sado chiqmadi.
Bu holni ko'rgan imtihon qiluvchilar uning dodiga yetib "U endi o'z maqsadiga erishibdi, endi o'z mazhabida kamolga yetibdi", dedilar. Shukrlar izhor qilib, o'zlarini sultonga tanishtirdilar. Keyin ular bir-birlariga hamdamu hamkor bo'lib, Ka'bani ziyorat qilishga jo'nadilar. Shundan so'ng shohga chin shohlik yetishdi, yo'lovchilar ham bundan ogoh bo'ldilar. Uning ko'nglida g'ayr (boshqa) yodi mavjud bo'lganda, ilohiy sirlarni bilishga parda tortilardi. G'ayr yodi ko'nglidan batamom yo'qolgach, parda ko'tarildi, u uyning to'riga yo'l topdi. Kimki, ana shu xil yo'qlikka erishsa, ey yengil-yelpi havas egasi, bilgilki, uni chin oshiq deb ataydilar!

Qayd etilgan


mutaallimah  29 Yanvar 2009, 22:50:17

CXXIII
Yana bir qushning Hudhudga savoli



Yana bir savol beruvchi so'radi:
- Ey hushyor! Men behad baland himmat egasirrian. Agar yuqori himmatli bo'lishlikning kishilarga nafi bor ekan, unda menga ham biror foyda oshkor bo’lmog'i kerak. Men o'zim zaifmanu, ammo himmatim nihoyatda ulkan. Ma'nolarning mag'zini chaquvchi bu ma'nida qanday so'z aytadi?


Qayd etilgan


mutaallimah  29 Yanvar 2009, 22:51:57

CXXIV
[Hudhudning javobi

/i]


Hudhud unga shunday javob berdi:
— Agar bu da'voing chindan ham rost bo'lsa, undan ushbu yo'Ida ko'p naf topasan. Agar kambag'al kishilarning himmati baland bo'lsa, shunga yarasha izzat va martabalik bo'ladi.
Agar himmat bir gavhar bo’lsa, insonni sadaf deb hisobla, bu sadafga asl sharaf o'sha gavhar tufaylidir. Agar kishida himmat bor bo'lsa, unga taxt va amalning keragi yo'qdir, mulk va mol-dunyo ham uning ko'ngliga yoqimli tuyulmaydi. Kimning naqd molu mulki bo’lmasa ham, himmati bo'lsa bas, shuning o'zi uning uchun katta davlatdir. Zero, himmati baland kishi, har qanday ishni bajara oladi. Himmat haqiqiy er kishini e'tiborli qiladi, bunga mansab, mulk va xazinaning hech bir daxli yo'q. Agar insonda mol-dunyo bo'lsa-yu, himmat bo'Imasa, u aqlli kishilar nazdida hech qanday obro'-e'tibor topa olmaydi. Kimki, oliy himmat egasi bo'lsa, bu xislati unga iqbol ato etadi. Agar shohga Alloh past himmat ato qilgan bo'lsa, unday shohdan oliy himmatli gado yaxshiroqdir. Agar shoh himmat bobida past bo'lsa, u himmatli gadodan mag'lub bo'ladi.
Insonlardagi go'zallik himmat tufaylidir, yomon nafsning jazosi ham himmatdandir.
Past himmatli baland baxt topsa ham, u tog'lik tole'i past kishidek qadrli bo'la olmaydi. Yollanma cho'pon mingta qo'yni boqqani uchun ma'lum haq olib, qo'ylarga posbonlik qiladi. Agar bo'ridan bu qo'ylarga xavf-xatar yetishsa, bunday holda u cho'pondan bir it yaxshiroqdir! Xazinasi bona himmati yo'q kishiga ana shu cho'pon va qo'y hodisasi misol bo'la oladi. Uning xazina qorovuli va qo'yga qo'yilgan cho'pondan farqi yo'qdir. Oqibatda bir rind tabiatli himmatli kishi bu boylikni qoiga kiritib, ularni bir gadoga hadya qilib yuboradi. Agar rind haqiqiy himmat va karam egasi bo'lsa, uning uchun butun bir xazinani hadya etish bir pulni xarj etishdek oddiy bir ishdir.




Qayd etilgan


mutaallimah  29 Yanvar 2009, 22:53:47

CXXV
Hikoyat

Hikoyat aytuvchilar o'z asarlarida himmatli kishilar haqida shunday naql yozib qoldirganlar: qiyomat kuni har kim o'z qabridan bosh ko'tarib chiqar ekan. Zohid ham, fosiq ham, gado ham, boy ham  Mahshar tomon yo'l olar ekan.
Bunda oliy maqomi murshid bo'lgan Jom Shayxi mast Zinda Pili Ahmadi Jom (fors-tojik mutasavvuf shoiri (vafoti 1141-y.)) kabi qadam tashlab, do'zaxda yotgan kishilarga ibrat ko'zi bilan bir-bir nazar solibdi. Qarasa, odamlar turli qiynoq va azoblarga duchor etilgan ekan, bundan uning himmat dengiziga iztirob tushibdi. U Allohga kishilarni bu xil mashaqqatdan xalos qilmoq uchun shunday munojot qilgan ekan:
- Ey Alloh! Barcha do'zax ahlini: xoh u keksayu yosh, xoh u yuqori yoki quyi tabaqa vakili boisin - barchaning qilgan gunohidan o'tgil! Ularni yorlaqab, marhamat ko'rsat va hammasini do'zaxdan ozod qil! Bu ishni qilish sen uchun oson, ularning boru yo'qligi senga baribir..
Bunga rozi bo'lmasang, menga shunday jism ato etgilki, u bilan butun do'zaxni to'ldirib yuboray. Agar maqsading odamlarga azob berish bo'lsa, u holda bu notavonlar o'rnini, mayli, men egallay!
Yuksak himmat egasi bo'lgan olijanob rind shafoat kunida haqqa shunday xitob qilar ekan.
Kimki bunday himmat egasi bo'lsa, unga buning evaziga shunga loyiq mukofot hadya etiladi. Himmat humoyi o'z qanotlarini yoygach, undan yuz tuman ming xalq najot topadi.

Qayd etilgan


mutaallimah  29 Yanvar 2009, 22:55:26

CXXVI
 
Yana bir qushning Hudhudga savoli
 

Yana bir savol beruvchi so'radi:
- Ey pok sayr etuvchi, kishida insof bor bo'lsa, buning ehsoni nimadan iborat bo'ladi? Haq menga insofli bo'lishni qismat etib, jonimga ana shunday ne'rhatni ozuqa qildi. Agar
kishida shu xil sifat bo'lsa, u Alloh huzuriga yetisha oladimi?


Qayd etilgan


mutaallimah  29 Yanvar 2009, 22:56:25

CXXVII
 
Hudhudning javobi


Hudhud shunday dedi:
— Bu yaxshi gap. Bu odat hamma kishilar oldida e'zozlanadi. Odam uchun yaxshi sifatlar ko'p, ammo ular ichida eng sharaflisi insofdir. Kimningki insofi yo'q ekan, u inson sanalmaydi. Kishining fe'1-atvorida insofsizlikdan ortiq nuqson bo'lmaydi. Bu sifat haqiqiy
mardlarning ishidir, har qanday kishi ham unga yetavermaydi. Noinsof kishi — odam emas. Odam insof istamaydi, ammo beradi. Haqiqat ahli kishilardan insof talab qilmaydi, chunki ularning o'zi insof egasidir. Agar kimki o'zi insofli bo'lmasdan, o'zgadan
insof talab qilsa, u haqiqiy noinsofning o'zginasidir.

Qayd etilgan


mutaallimah  29 Yanvar 2009, 22:57:37

CXXVIII
Hikoyat

Xo’ja Muhammad Porso(Bahouddin Naqshband shogirdi. Vafoti - 1419-y.) ismli oliy nasabli dinparvar Xoja Makkani ziyorat qilmoq uchun islom Ka'basi tomon yo'lga chiqdi. Xoja Abu Nasr(vafoti — 1460-y.) uning xizmatkori, xodimi, farzandi va eng yaqin kishisi edi. Ular maqsadga musharraf bo'lgach, buning uchun ma'budga shukrona bildirdilar. Har nimaki farz bo'lsa, o'shani ado etdilar, maqsad - xalqning hajini duo orqali qabul ettirish edi. Xalq hamjihatlik bilan bu ishni qabul etishni Xojaga topshirishgan edi. Olti yuz ming haqni izlovchi yo'lovchilar Xojaga bu iltimosni tayin qilishdi.
"Qudsiya" va "Faslul-xitob" kabi asarlarning sohibi bo'l-gan Xoja jamoatga qarab shunday javob berdi:
— Menga bu ishni bajarishni topshiigan ekansiz, men aytganlaringizdan tashqariga chiqmayman. Ammo bu ishni bajaruvchi kishi hech shubhasiz fazlu kamolda yuksak va insof olamida yakkayu yagona bo'hshi kerak, shuning uchun bu vazifa menga emas, balki Abu Nasrga munosibdir. Yaxshisi, asr kishilari haqiga u duo qila qolsin.
Xoja Abu Nasrni shu yanglig' ta'rif bilan elning duosini o'qishni unga taklif qildi. U ko'rsatgan bu insof va ehsonni kishilar boshdan-oyoq sidqidillik bilan qabul etishdi.
Xoja Abu Nasr minbarga chiqib, el haqiga duo o'qidi. Xalq hojatini chiqarish uchun Alloh oldida munojotlar qildi. Xoja esa minbar yonida chin dildan uzluksiz ravishda "omin" deb turdi.
Duo oxiriga yetgach, minbar ustidagi kishi shunday dedi:
— Ey qudratli Alloh! Agar mening duolarim mustajob bo'lmasa, pastda turganning "omin"ini zoye' qilmagil!
Bu so'zlami eshitgan olti yuz ming kishi faryod chekib, kattayu kichik zor-zor yig'ladi. Odamlar ularga oforinlar aytib, ham otasi, ham o'g'li insofiga qoyil qolishdi.
Shunday qilib, inson uchun insofdan yaxshiroq sifat bo'lmaydi, buni faqat ma'rifatsiz kishilargina anglamaydi.


Qayd etilgan


mutaallimah  29 Yanvar 2009, 22:58:44

CXXIX
Yana bir qushning Hudhudga savoli


Yana bir savol beruvchi so'radi:
— Yig'in orasida bandasiga adabsizlik qilish joizmi? Sidra daraxti ustida o'tirgan yuksak martabali qushga oddiy bir qush adabsizlik ko'rgizsa va bu xatti-harakati bilan burgut jur'atini namoyon etsa, natijasi qanday bo'ladi? Yo'qsa, bu takabburlik deb hisoblanadimi?


Qayd etilgan


mutaallimah  29 Yanvar 2009, 23:00:03

CXXX
Hudhudning javobi


Hudhud dedi:
— Bu savolingga javob berishda ikki holatni ko'zda tutmoq kerak: kimki shohga beadablik qilar ekan, u bu dargohning o'z maxsus kishisi bo'lmog'i lozim. U o'zlik bandidan xalos bo'lib, "o'z"ga "u"lik bilan mansub bo'lmog'i kerak. Shunda bu har qanday so'z aytsa u degandek bo'ladi, ya'ni "bu"lik va "u"lik o'rtadan ko'tariladi. Chetdan qaraganda bu garchand jur'atdek tuyulsa-da, lekin ma'no yuzasidan u vahdat - birlikni bildiradi. Yoki kishi ishq savdosida past, ham oshiq, ham oshufta va mast bir majnun vaqtida o'z ixtiyori bo'lmasin. Ammo so'zlarida sarkashlik qilmasin: na kibr va na g'arazga yo'l qo'ysin. Ular faqat muhabbatdan iborat bo'lsa, unga loyiq keladigan narsa yo'q. Bunday kishi haq bilan mutjaqlikka erishadi-da, haqdan o'zga kalimani aytishga tili bormaydi.

Qayd etilgan