Lirik chekinish......
Yana Man
Kim meni deb yig'ladi, kimdur kechirdi.
Kimning dardi menga og'u ichirdi,
Kimdur yuragidan-ey butkul o'chirdi.
Oxir hammasiga bir-bir ko'ndim man,
Bir seni o'ylasam faqat yondim man,
Bir seni o'ylasam faqat yondim man.
Naqorat:
Man, yana man, sevib qoldim man,
Bir seni o'ylasam faqat yondim man.
Man, yana man kuyub qoldim man,
Bir seni o'ylasam faqat yondim man,
Bir seni o'ylasam faqat yondim man.
Yurakka nimadur botib bormoqda,
Alamlar qatma-qat ortib bormoqda.
Borib-borib bag'rim qotib qolmoqda,
Xattoki dunyodan sovib qoldim man.
Bir seni o'ylasam faqat yondim man,
Bir seni o'ylasam faqat yondim man.
Naqorat:
Man, yana man, sevib qoldim man
Bir seni o'ylasam faqat yondim man.
Man, yana man kuyub qoldim man
Bir seni o'ylasam faqat yondim man
Bir seni o'ylasam faqat yondim man
Kelib ko'r ko'ksimda nishlar izi bor,
Tillarim uchida tishlar izi bor.
Yelkamda ikkita qushlar izi bor,
Qush edim, qaylarga bilmay qo'ndim man.
Naqorat:
Man, yana man, sevib qoldim man,
Bir seni o'ylasam faqat yondim man.
Man, yana man, kuyub qoldim man,
Bir seni o'ylasam faqat yondim man,
Bir seni kuylasam faqat yondim man.
Sevib qoldim man...
Faqat yondim man...
Ozodbek Nazarbekov qo'shig'idan