Bu oyatdan va boshqa bir qator oyatlardan bilamizki, Olloh borliqlarni va o‘lchovlarni alohida-alohida yaratgan. Kunchiqarlar (mashoriq) kalimasining tomonlar, yo‘nalishlar, o‘lchovlardan boshqa ma’nosi yo‘q.
Arabchada ko‘plik, umuman, juda ko‘pni ifoda qiladi. Ma’lum sonlar ko‘plik ifodasi bo‘lmaydi va ko‘plikda bildirilmaydi. Zotan, osmondan uch o‘lchovli makon bor bo‘lganligidan, bu yerdagi "mashoriq" - "kunchiqarlar" atamasida o‘lchov sistemasini ifoda etadi.
Qur’onning mahshar bilan aloqador juda ko‘p oyatida "jannat" atamasining "moddiy makon" atamasidan farqli ekanligi, ayricha bir makonning olami ekanligi bildirilgan. Demak, Qur’on cheksiz o‘lchovlar sistemasi ichida makonlar haqiqatini taqdim etgandir.
Moddiy olamda bor borliqning mavjudlik holi deganda biz 4 o‘lchovga geometrik moslashuvni va bir kanal tanlash holini tushunamiz. Bu moslashuv Ollohning Rabblik (Egamlik) sifatining siridir. Shu bois, oyat borliqlarni va o‘lchovlarni ta’riflarkan, Rabb sifatini qo‘llagandir.
Oyatning tafsiri mana bundaydir:
Yerdagi, osmondagi va ular orasidagi jamiki borliqlarni Rabblik sifatim bilan bir—biriga qanday moslagan bo‘lsam, men cheksiz o‘lchovlar (mashoriq)ning ham shunday Rabbidirman.
Qur’onda bir qancha joyda kunchiqarlar va kunbotarlar atamasi keladi. Bular ham bir ma’noda o‘lchov ifodasidir. Faqat kunbotarlar atamasi bilan birgalikda kunchiqarlar atamasi ham kelgandagina yerni va sistemalarning harakatlarini ifoda qiladi. Lekin bu yerdagi oyat bilan turli ilmiy mo‘jizalar bir-biriga aloqasiz hikmatlardir.
1. Moddiy yaratiqlarning, asosan, hammasi oyatning ilk jumlasida butun holida berilgan. Oyatning to‘la jumlasida o‘lchovlar sistemasining bo‘lak bir borliqlar dastasi ekanligi uqtirilganligi eng jiddiy ilm mo‘jizasidir. Ha, borliqlarga sinch, skelet bo‘lgan o‘lchovlar makoni, jamiki borliqlardan bo‘lak qilib ta’riflanishi bizning asrimiz uchun eng katta fizik mo‘jizadir. Bugungi davrda Brogleydan tortib Jordan, Femi, Xilbertgacha hammalari butun borliqlarni alohida, o‘lchovlarni alohida - ayri-ayricha o‘rganish tarafdoridirlar. Hatto o‘lchovlarning va makonlarning farqlari boshqa borliqlarning ham qanchadan-qancha farqliliklarini ko‘rsatib berishi aniqlandi. 4-o‘lchov, vaqt oz ta’sir qiladigan makonlarda ayni o‘sha borliqning umri o‘zgaradi. Qisqa masofada so‘nggi ma’lum bo‘lgan voqealar kengayadi, o‘z xususiyatlari va bo‘lakchalari yuzaga chiqadi.
2. Koinot geometriyasining asos qusurlarini yashirgan o‘lchovlar (mashriq) Ollohning Rabblik sifati bilan uyg‘unlashganini ifoda qiladi, ya’ni hamma koinot makonlari Rabb tajallisi degan tushuncha ichida qonunning o‘zgaruvchanligi hikmatini tashiyotir. Dunyo va fazoning qanday fizik nizomlari bor bo‘lsa, yo‘nalishlarning, ulardan bunyod makonlarning ham shunday maxsus formulalari bor.
3. Fotihada amr etilgan "olamlarning Rabbiga hamd" siri, bu oyatda ochilib ketgan, ya’ni olamlar bir tomondan faqat yer, osmonlar va ularning oralaridagi borliqlardangina iborat emas. Olamlar atamasi bilan aloqador bo‘lgan, masalan, cheksiz yo‘nalishlar va bular bilan bog‘liq makonlar bor. Cheksiz yo‘nalishlar, Rabb sifatining siri bilan o‘zlari bunyod etgan makonlarga, olamlarga, ya’ni koinotlarga cheksizlik ato etadilar. Bu cheksizlik osmon, yer va ular orasidagilarning naryog‘ida boshqa olam borligining ramzidir.
Mana, biz Mashoriq siri deganda boshqa olamlarni tushunsak, unda insonning so‘ngsizlik sirlariga yaqinlashuviga imkon beramiz va Tangri go‘zalligini makonlarda tomosha qilamiz.
Oyat, shunday qilib, insonlarga cheksiz yo‘nalish va makonlarda Olloh ilmiga yaqinlashish yo‘lini ochib beradi. Ilm, bu tushunchaga yaqin kelishi bilanoq koinotni anglab oladi. Aks holda, barcha galaktikalarni o‘rgansa, ilmni tagiga yetish chorasini, tayanch nuqtasini topolmaydi. Moddiy koinotda borliqlarning xususiyatlari makon va zamon tushunchasi ichida chegaralangan (joylashgan)dir. Ayni shu borliqlar cheksiz makonlarda bo‘lakcha go‘zallikga burkanadi. Borliqlar haqiqati shulardan iborat.