Assalomu alaykum, aziz forumdoshlar. Hozirda Koreya respublikasining sanoatlashgan shahri bo'lmish Ansan shahridaman. Ishlar yaxshi.
Ollox nasib aylaa shu yerdan turib forumimiz uchun kerakli va foydali ma'lumotlar, maqolalar yuborib turishga harakat qilaman. To'g'risini aytaman: O'zbekistonimni, oilamni, ota-onamni juda sog'indim. Kelganimga endigina 10 kun bo'ldi. Koreyaga uchishimdan 1 hafta avval tug'ilgan qizim - Gulsanamni, 2 yarim yoshdan oshib, tillari burro bo'lib qolgan o'g'lim - Muzaffarbekni cheksiz sog'indim. Sizlarni ham, aziz forumdoshlar!