MATN
Muslim ibn al-Hajjoj matnga, ya’ni hadisning matniga ham alohida axamiyat bergan. Bu borada uiing ba’zi xususiyatlari va tartibotlari haqida to‘xtalamiz. Eng avvalo, shuni qayd qilish kerakki, isnod va matn bir-birini to‘ldirib, uyg‘unlashgan bo‘lsagina to‘la-to‘kis, mukammal bo‘ladi. Bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi tufayli ham ba’zan ularni bir-biridan ajratish mushkil bo‘ladi.
1. Hadisning matni isnots bilan ketma-ket keladi. U bilan uzviy ravishda bog‘langan bo‘ladi. Muslymning «Sahih» asarida atigi isnodi bo‘lmagan bittagina hadis, u ham bo‘lsa asarning muqaddimasida keltirilgan. Muslim aytgan: «Oysha raziyallohu anhudan zikr qilinadiki, u shunday degan ekan:—Rasululloh bizga: «Barcha odamlar o‘z manzillariga joylashsinlar»,—deb amr qildilar». (Sahih Muslim, 1-jild, 5-bet)
2. Oldinroq zikr qilganimizdek, Imom Muslim hadis matnini saqlashga alohida e’tibor berib, garchand, matnlar orasidagi farq unchalik katta bo‘lmasa ham baribir ularni alohida ajratib ko‘rsatadi. Iboralari jihatidan ikki xil isnodga ega ikki hadisning matni bir xil bo‘lib, boshqa biror jihatdan ular o‘rtasida farq bo‘lsa, bunday hollarda muallif avval birinchi hadisning matnini to‘liq keltirib, keyin ikkinchi hadisning nima bilan farq qilishini aks ettiradi va qaysi jihatdan birinchi hadis bilan o‘xshashligini bayon qiladi. Bu fikrimizga Muslim ibn al-Hajjojning asaridan ba’zi misollar:
«Ahmad ibn Abda ad-Dabbiy bizga aytdi: Abdulaziz ibn Muhammad va Abu A’lqama al-Qaraviy bizga dedilar: Rasululloh aytdilar: Alloi taolo Iamandan shunday shamol yuboradilarki, u harirdan ham mayindir. Hech bir kishining dili bundan ozor ko‘rmaydi. AbuA’lqama dedi: Habbaning bir misqolidir va Abdulaziz esa: Zarraning bir misqolidir,—dedi». (Sahih Muslim, 1-jild, 76-bet)
«Muhammad ibn al-Musanno bizga dedi, Sha’ba bizga shunday dedi: Yavm ul-ahzob (Ahzob—Madina shahri uchun payg‘ambarga qarshi kurashgan guruhlar shundai deyiladi) Rasululloh dedilar: «Ular bizni salot ul-vustodan to quyosh botguncha bizlarni bezovta qilib turdilar. Alloh ularning qalblarini yoki o‘ylarini yoki qorinlarini olovga to‘ldirgan edi». Muhammad ibn al-Musanno bizga dedi: bizga Ibn Abi Addiy—Saiyddan—- u esa Qatodadan ushbu isnod bilan degandi: u aytdi: «ularning uylarini va qabrlarini». (Sahih Muslim, 2-jild, 111-bet.)
3. Ba’zi hollarda Muslim ibn al-Hajjoj matn zikrini eslatmasdan, faqat isnod zikri bilan kifoyalanadi, ba’zan esa hadisning isnodi ham. matni ham keltiriladi, bunga misollar ham keltirilgan—faqat ikki rivoyatning o‘rtasida—ba’zi farqlarga ishorat qiladi. Masalan: «Shaybon ibn Farrux bizga so‘zladi: Sobil al-Banoniy Anas ibn Molikdan bizga so‘zladi: Rasulullohga Jabroil alayhissalom keldi. Rasululloh bolalik chog‘larida tengqurlari bilan o‘ynar edi, Jabroil Rasulullohni quchoqlab olib yerga yotqizdi».
4. Muslim ibn al-Hajjojning odatidan biri shu ediki, u avval mansuh (bekor qilingan) hadisni zikr qilib, undan keyin nosih (bekor qiluvchi) hadisni keltirar edi. Ba’zan muallif matnda unga tegishli bo‘lmagan (bayon)larni ham keltiradi.
5. Muslim ibn al-Hajjoj hadisning barcha usullarini (uslublarini) bir o‘rinda zikr qiladi. Mana shu qoidaga e’tiboran hadisning matni ham mana shu o‘rinda keladi. Ushbu hadis bir nechta fikr-mulohazalarni o‘z ichiga qamrasa, muallif uni mana shu fikr (ma’no)lardan biriga aloqador o‘rinda keltiradi—demak, hadis faqat mana shu joydan boshqa joyda keltirilmaydi. Juda kamdan-kam hollarda ushbu hadisning matni aynan shu isnodi yoki boshqa isnod bilan bo‘lak joyda ham zikr qilinadi. Masalan, «al-Libos va-z-ziynat» («Kiyimlar va zebu-ziynatlar») kitobida quyidagi hadis «Yo‘llarda o‘tirish va yo‘lning haqini berish» bobida takrorlanadi. Menga Suvayd ibn Sa’iyd chytdi: menga Hafs ibn Maysara Zayd ibn Aslamadan, u A’to ibn Yasordan,u Abu Sa’iyd al-Xudriydan, u esa payg‘ambar alayhissalomdan aytdi. Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: Yo‘llarda o‘tirishdan saqlaninglar,—dedilar.