Firefox, Firefox va yana Firefox!!!
Men shunday degan bo'lardim. Chunki firefoxdagi imkoniyatlarni haligacha boshqa browserlarda ko'rmadim.
Ayniqsa Web-Designerlar, Web-Developerlar uchun eng qulayi shu bo'lsa kerak.
Sababi Firefox Add-onlari yordamida web-sahifani anatomiyasigacha ko'rish mumkin. Misol uchun firefoxning Web-Developer toolbari yordamida web saytni to'g'ridan to'g'ri dizaynini o'zgartirish mumkin, bundan tashqari web sayt qaysi CMS daligini saytga kirganda ko'rinadigan qilish, CSS ga to'g'ridan-to'g'ri o'zgartirish kiritish, qaysi content nechi pixel ekanligini aniqlash va boshqa bir qancha imkoniyatlari mavjud. Firebug add-onini ham misol qilish mumkin. Lekin web-designerlar kompyuterida hamma browserlar bo'lishi kerak, sababi yangi sayt dizaynini qilgandan keyin, barcha browserlarda shu dizaynni bir xil ko'rinishga keltirish kerak!