80-bob. Bolalari o’lgan kishining fazilati haqida
143. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Qaysi bir musulmon kiishning uchta farzandi o’lgan bo’lsa, do’zax o’ti unga tegmaydi, faqat Alloh taolo Qur'onda: "Sizlardan har biringiz unga (jahannamga) tushuvchidirsiz. (Bu) Rabbingiz (irodasiga binoan) vojib bo’lgan hukmdir" (19:71), degan qasami uchungina u kishi ham bir tushib o’tadi", - dedilar.
Bu oyat tafsirida Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh: "Do’zaxga yaxshi kishilar ham,
yomonlar ham kiradi, lekin u mo’minlar uchun sovuq va salomatlik bo’ladi", deganlar". Ibn Abbos esa:"Do’zax ichiga kirmay, faqat yonidan o’tadilar", dedilar. Ba'zi sahobiylar: "Do’zaxdan murod pulsirotdir", deydilar. (Zamahshariy, Al-kashshof, 2-jild, 339-sahifa).