Naql qilubdirlarkim, odam namozi choshgoxdin forig‘ bo‘lsa, mo‘‘minlar xayriyotiga taalluqli ishlarga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Chunonchi, kasal ko‘rmoq va namozi janozaga bormoq va musulmonlar hojatini ravo qilmoq va olimlar suhbatiga bormoq.
Uchinchi vird choshgohdan to namozi peshing‘achadur. Mo‘‘minlar haqida turlicha fikr borki, barchasi to‘rt holatdan xoli bo‘lmas. Avvalg‘i holati ulki, kishi ilm o‘rganmakka mashg‘ul bo‘lsa, hech ibodat bundan fozilroq emasdur. Vaqtiki, farz namozlardan forig‘ bo‘lsa, ilm o‘rganmoqqa mashg‘ul bo‘lg‘ay. Va lekin ul ilmni o‘rgangaykim, oxiratda manfaat qilg‘ay. Dunyo rag‘batini zaif va oxirat rag‘batini qaviy (kuchli) qilg‘ay. Va yaxshi amallari ayb va ofatlarini vayron aylab, sidqi ixlos tarafiga boshlag‘ay.
Ammo ilmi jadal (tortishuv, bahs) va xilof va ilmi qisas (qissachilik) va munga o‘xshash ilmlarkim, qofiya birla tartib beribdurlar, bu nav’i ilm dunyo hirsini ziyoda qilur. Hasad va mubohat ruxsatlar tuxmini ko‘nglida paydo aylar. Va ilmi nofe’ni (foydali ilmlarni) kitobi «Ihyoul ulum» va «Javohirul Qur’on» va bu «Kimyoyi saodat»da jam’ qildim. Bularg‘a boqib amal qilg‘ay.
Ikkinchi holat ulki, ilm o‘rganmakka qodir bo‘lmas, lekin zikr, tasbih va ibodatg‘a mashg‘uldur, bu ham ibodatlar darajasidurkim, ulug‘ martabadur. Alalxusus, ul zikrki, dilg‘a g‘olib va barqaror bo‘lg‘ay.
Uchinchi holat ulki, xalqqa rohat va osoyish bo‘ladurg‘on ishga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Chunonchi so‘fiy, zohid, darveshlar va olimlarga xizmat qilg‘ay. Bas, bu nafl ibodatdan yaxshiroqdurki, ham ibodatdur va ham musulmonlarga rohat va ham solihlar ibodatiga ko‘makdurki, ularning duosi xosiyatlar bergusidur.
To‘rtinchi holat ulki, bu xizmatga ham qodir bo‘lmasa va lekin o‘z axli ayolining nafaqasi uchun kasb va hunarga mashg‘ul bo‘lsa va yo xalqning amonatini saqlasa. Xaloyiqga uning qo‘li va tilidin ozor yetmasa. Va kifoyat qilg‘ulikdan ziyoda dunyoni talab etmasa. Bas, bu tariqa (yashash) ham ibodat jumlasidandur. Agarchi muqarrar bular darajasiga yetmas, ammo ashobi yamin darajasidurki, salomat manzilida va amonat ma’manida (iymon xonasida) mutammakkin (tinchlik, amonlikda barqaror) bo‘lg‘ay.