Uchinchi odob ulki, oz taomni mehmonni oldiga olib chiqmagayki, bemuruvvatlik bo‘lur. Va ko‘p ham olib chiqmag‘ayki, takabburlik va isrof bo‘lur. Agar bu niyat birla olib chiqsaki, mehmonning oldidan qaytgan taomning qiyomat kuni hisobi bo‘lmas, joizdur. Hazrati Ibrohim Adham raqmatullohi alayh taomni ko‘p olib chikdilar. Sufyon Suriy rahmatullohi alayh aytdilar: «Isrofdan qo‘rqmasmusan?» Ibroxim Adham aytdikim: «Taomda isrof yo‘kdur». Va bo‘lg‘aykim, avval kichik bolalar nasibasini keltirgay. Va mehmon ketayotganida dasturxondan zalla (ya’ni, biror taomni) o‘zi birla olib ketmog‘i ravo ermas. Bu, ba’zilar odatidur. Magar sohibi xona aniq ruxsat etsa, joizdur. Va yo aniq bilsaki, zalla (mehmondorchilik dasturxonidan taom) Oltandan sohibi xona xush bo‘lsa, bu suratda ham ravodur. Basharti olsa, kosadagi taomning hammasini olmagayki, haromdur. Agar zalla olish soxibi xonaga malol kelsa, haromdurki, o‘g‘irlab olgandan muning farqi yo‘qdur.
Ammo mehmondorlikaan ketmoq odobi-to sohibi xonadan ijozat tilamaguncha ketmagay. Mehmon uyidan chiqsa, sohibi xona yaxshi so‘zluk va ochiq chehralik birla uzatgay. Agar mehmondan biror kamchilik sodir bo‘lsa, bildirmagayki, yaxshi qiliq va yaxshi xo‘y chandon amallardan fozilroqdur.
Hikoyatda kelibdurki, Junayd rahmatullohi alayhni bir go‘dak mehmondorlikka taklif qildi, go‘dakning otasining xabari yo‘q edi. Vaqtiki, go‘dak uyiga kirib ketdi, mehmonni esdan chiqardi. Fursate turib, Junayd rahmatullohi alayh uyga qaytdilar. Go‘dak uni yana chaqirtirdi. Ushbu tariqa to‘rt marotaba keltirib, to‘rt marotaba qaytardi. Va Junayd bu go‘dakning raddu qabulidan Haq taolo raddu qabulini mushohada qilur edilar.