Bas, badan ulov, ruh suvoriydir. Ushbu jihatdan ul toifakim, maxsusotdin qat’iy nazar qilib, Haq taoloning zikriga mustagroq (g‘arq bo‘lgan cho‘mgan) birla muroqabatda o‘tursa chunonchi, tasavvuf yo‘lining ibtidosi ushbudir: Ahvoli oxiratni mushohada qilurlar. Va o‘zgalarga o‘limdin keyin ma’lum bo‘ladurg‘on nimarsalar, tushida ko‘rg‘an nimarsalar aksari yodlarida qolmas. Va lekin asari - ta’siri boqiy qolur. Chunonchi, agar bihishtni anga ko‘rguzgan bo‘lsa, ruhida rohat va zavq va xursandlik hosil bo‘lg‘usidur. Agar do‘zaxni anga arz qilg‘on bo‘lsa, azob va xastalik ul kishida bo‘lg‘usi. Va agar tushida, xayolan ko‘rgan nimarsa yodida bo‘lsa, hikoyat qilg‘uvsi.
Naql qilibdurlarkim, hazrati Rasli Akram (s.a.v.) namozda turib muborak qo‘llarini uzatdilar. Namozdan keyin sahobalar arz qildilarkim: «Yo, Rasululloh! Sabab na erdiki, namozda turib qo‘llarini uzattilar?»
Rasululloh s.a.v. aytdilarki, «Bihishtdan bir bosh uzum menga arz qildilar.Xohladimki, bu jahonga kelturgaymen, ersa g‘oyib bo‘ldi». Bas, gumon qilmag‘ilki, bihisht ne’matini bu olamga kelturmak mumkin bo‘lg‘ay (deb). Agar mumkin bo‘lsa, hazrati Rasululloh s.a.v. keltirur erdilar. Va mahollik vajhini zikr qilmoq darozdurkim, bayonga sig‘mas.
Va maqsud uldurki, gumon qilmag‘il, hazrati Rasuli : alayhissalom biqisht ahvolini Jabroil alayhissalomdin eshitmak birla bayon qildilar (deb). Hazrati Rasuli Akram s.a.v. bihishtni o‘zlari ko‘rib bayon qildilar; va jannat haqiqatini bu olamda ko‘rmadilar, balki, o‘zlari bu olamdan g‘oyib bo‘lib, ul olamga borib ko‘rdilar. Va bu (hodisa) Rasuli akram s.a.v.ning bir nav’ mo‘jizalaridandur.
Va lekin g‘oyib bo‘lmoq ikki tariqatda bo‘lur. Biri hayvoniy ruh o‘lmak birla, yana biri insoniy ruhning sayr etmog‘i birladur. Ammo bihishtni bu olamda ko‘rgali bo‘lmas. Chunonchi yetti osmon va yetti zamin pista po‘chog‘iga sig‘maganday, bihisht ham bu olamga sig‘masdur. Odamiyning bu olamdagi besh hissiyoti bihishtni ko‘rmakka toqat keltira olmakim, ul olamning havosi o‘zgadur.