Turmushga chiqamagan qizlarga: Ikkinchi hotin bo'lib turmushga chiqishga rozimisiz?
Turmushga chiqqan opa-singillarga: Turmush o'rtog'iz, sizga bilintirmagan holda, ikkinchi hotingayam uylaganlari haqida, biron bir tanishizdan eshitib qoldiz? Shu holda qanday yo'l tutatsiz?
Oldindan rahmat..
Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi"-Payg'ambarimiz s.a.w.aytdilar: "Alloh taolo Jabroil a.s.chaqirdi va "Jannat ahli uchun nima tayyorlaganimni borib ko'rib kel" dedi. Jabroil a.s. borib ko'rib keldi va "Sening izzating haqqi, inson faqat eshitsayoq kiradi" dedi.So'ng jannat inson tabiati karix ko'radigan narsalar bilan o'raldi.Keyin Alloh taolo Jabroil .a.s.ga "Jannatga yana bir qaragin" dedi.Jabroil a.s. jannatni yana ko'rib keldi va "Sening izzating haqqi,qo'rqdimki jannatga hech kim kirmaydimi deb" dedi. Alloh taolo Jabroil a.s. do'zaxni ko'rib kelish uchun yubordi "Borib do'zaxga qaragin va uning ahliga nima tayyorlaganimni ko'rgin dedi.Jabroil a.s.borib do'zaxni ko'rib kelib "Yo Alloh.agar uni odam bolasi eshitsa unga hech kim kirmaydi" dedi.Shundan so'ng do'zax lazzatli narsalar va shaxvat bilan o'raldi.Alloh taolo Jabroil a.s.ga "Do'zaxga yana bir qaragin" deya buyurdi.Jabroil a.s. do'zaxga yana bir qarab "Sening izzating va ulug'vorliging haqqi,yo Alloh hech kim do'zaxga kirmay qolmaydimi deb qo'rqdim" dedi.
Odam farzandi bu haoti dunyoda yashar ekan Yaratgannning turli-tuman ba'zida tashvishli,bazida quvonchli fitnalalariga yo'liqaveradi va shunday sinovlardan o'tishi natijasida o'zining u dunyodagi
chin uyini tiklab boraveradi. Ba'zan bu sinovlarni yengishimizda nafsimiz ko'tara olmaydigan holatlarni ham hazm qilishimizga to'g'ri keladi, ba'zida quvonchli fitnalar oldida dovdirab qolib ko'nglimizning ko'chasiga kirib qolganimizni bilmay ham qolamiz.Har ikki holatda ham ko'nglimiz ko'targani, nafsimiz xoxlaganini emas, balki bu dunyoda yashashlikning ibtidosi va intihosini o'ylab turib aql bilan ish tutsak yuqoridagi rivoyatda aytilganidek inson tabiati karix ko'rgan ishlarni ham Alloh va Rasuli s.a.w. uchun bajaradigan bo'lsak, bu ishlarni qilishimiz biz uchun malolli va qiyin kechmaydi.Allohning rahmati, marhamati, mag'firati va Rasuli s.a.w.ning shafoatlaridan umid qilib peshonamizga bitilgan taqdirga rozi bo'lib yashasak nafsimiz ko'tara olmaydigan ishlarni bajarishda Allohning O'zi bizga yengilmas kuch va bag'rikenglik beradi, inshaAlloh. Bu ishlarni bajarish uchun esa bizdan ozgina aql va farosatni ishlatib ish tutishlik so'raladi xalos.Biz aqlimizni ishlatish uchun bu dunyoning lazzatli matohlaridan biri bo'lmish boylik-puldan million-million sarf qilmaymiz,farosatni ishlatish uchun qishning sovug'i, yozning jazirama issig'iga jidab necha mimg mil yo'l yurib dunyoning bu burchidan u u burchiga bormaymiz aql ham farosat ham jussamizning bir bo'lagi bo'lmish miyamiz va qalbimizda jamlangandir.Odam aqli va farosatini qay yo'sinda ishlatib borishi bilan u dunyoda jannatd yoki do'zax sari yo'l oladi.
Alloh taolo aytadi: "..Sizlar uchun nikohi halol bo'lgan ayollardan ikkita, uchta, to'rttagacha uylanaveringlar.Endi, agar ular orasida adolat qila olmaslikdan qo'rqsalaringiz bitta ayolga uylaningizlar.." (Niso surasi 3 oyat)
Rasululloh s.a.w. dan rivoyat: "Odamlarga nima bo'ldi unday, bunday demoqdalar? Lekin men kechalari namoz ham o'qiyman va yxlayman ham, ro'za ham tutaman va og'zi ochiq ham bo'laman, xotinlarga uylanaman ham,kimki mening sunnatimdan yuz o'girsa mendan emas" dedilar.(Imom MUslim rivoyati Nikoh kitobi. Nikohning mustahablligi haqidagi bob) Bu yerdagi "xotinlar" so'zi ko'plik ma'nosini anglatadi.Demak Rasululloh s.a.w. ko'pxotinlikka qarshi bo'lmaganlar, balki aksincha uni hayotga tadbiq etganlar.
Imom ibn Kudoma Maqdisiy (rahimahulloh) aytadilar: Rasululloh s.a.w. ham uylandilar,ashoblar ham uylandilar va sanog'ini oshirdilar.Rasululloh s.a.w. va sahobalar eng afzal ishni qildilar.Sahobalar afzal ishlarni tashlab pastkash ishlar bilan mashg'ul bo'lmasdilar.(Ibn Maqdisiy "Mug'niy" 6/44) Demakki ko'pxotinlik pastkash ishlardan emas ekan.