Soliha ayollar! Ibrat oling!  ( 36837 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Munira xonim  29 Avgust 2006, 10:41:25

Hudaybiya sulhi tuzilganiga bir yil to'lgach, Rasululloh s.a.v. ashoblari bilan umra ibodatini bajarish uchun Makkaga keldilar. Nihoyat uzoq yillardan buyon ko'rish istagida intizor bo'lganlari, ular uchun eshiklar yopilgan Makka ko'rindi. Uni ko'rar-ko'rmas hamma yoqni musulmonlarning "Labbayka Allohumma labbayk...."dagan ovozlari tutib, butun zaminni larzaga keltirdi. Musulmonlar ulug'vorlik va haybat bilan Rasululloh s.a.v. atroflarini o'rab olgan edilar. Mushriklar Makkani tark qildilar. Chunki ular Muhammad s.a.v. va ashobi chorasiz kishilardek necha yillar oldin qorong'u tunda Makkani tark etganlaridan keyin, quvvatli va haybatli ko'rinishda, kechqurun emas, kuppa kunduzi shaharga bemalol kirib kelishlarini tasavvur ham qila olmagan edilar. Makkada faqat bir necha kishi, Alloh taologa iymon keltirgan ayollar qolishgan edi.
Maymuna r.a. musulmon bo'lgan, ammo iymonini yashirin tutib yurgan edilar. Rasululloh s.a.v. Makka ufqlaridan ko'tarilgach u jasoratlanib, Allohga iymon keltirganini hammaga bildirdilar. 

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Avgust 2006, 10:52:53

Bu hayrli hodisadan keyin Hazrati Maymuna Rasulullohga s.a.v. zavja bo'lish maqsadida pochchalari Abbos ibn Abdumutallibni r.a. elchi qildilar. Rasululloh s.a.v. uning istagini qabul qildilar va unga 400dirham mahr berdilar. Hudaybiya sulhida ko'rsatilgan uch kun muddat tugadi. Mushriklar Rasulullohga s.a.v. elchi yuborib:"MAkkada qolish vaqting tugadi, endi chiqib ket", dedilar. Rasululloh s.a.v. kulimsiradilar va:"Meni o'z holimga qo'ying. Undan ko'ra bir to'y qilib siz uchun taom hozirlatsam va to'yimga siz ham kelsangiz bo'lmaydimi?", dedilar.
To'y uchun dasturhon tuzaldi. Qurayshning ulug'lari bu taklifni qabul  qilmadilar.
- Sening amalingga bizning ehtiyojimiz yo'q,- dedilar. Ular bu gaplarini Rasulullohning s.a.v. Makkada uch kundan ortiq qolishlaridan qo'rqishganini yashirish uchun aytdilar. Chunki Rasulullohning s.a.v. bu yerda uzoq muddat bo'lishlari kishilarga ta'sir qilishi mumkinligidan qo'rqishar edi. Masalan Hazarti MAymuna r.a. shuncha paytdan beri yashirib kelgan iymonlarni oshkor qilganlari, buning ustiga Rasulullohga s.a.v. zavja bo'lganliklari. Bular hammasi mushriklarning g'azabini keltirar edi.
Nabiy s.a.v. ushbu to'yda Hazrati Maymunga uylanganliklarini e'lon qildilar. Ammo Hudaybiya sulhiga amal qilib, darhol Madinaga qaytishni amr qildilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Avgust 2006, 12:09:10

Makkadan chiqayotganlarida Hazrati Maymuna r.a. hayqirib qurayshiylarni musulmon bo'lishga chaqirdilar. U kishining ovozlari qurayshiylarga kuchli ta'sir qildi. Xolid ibn Valid va shunga o'hshash qurayshiylarning Islomga kirishiga sabab bo'ldi. Shundan keyin Xolid ibn Valid Amr ibn Os bilan birga Madinaga borib RAsulullohga s.a.v. bay'at berdilar. Ularning musulmon bo'lishlari bilan Islom yanada quvvatlandi. Hazrati Maymunaning da'vatlari bulardan tahsqari yana boshqalarni ham Islomga kirishlariga sabab bo'ldi.
Maymuna r.a. Madinaga kelganlaridan keyin Rasulullohning s.a.v. pokiza honadonlarida qadrli zavja bo'lib yashadilar. Musulmonlar uchun esa fazilatli ona bo'ldilar. Itoatli, samimiy, vafodor ayol sifatida zavjalik vazifalarini ado etdilar. Nabiy s.a.v. bu ayollariga Hamza ibn Abdumutallib r.a. beva qolgan opalari Salma bilan birga yashashga izn berdilar. Keyinchalik esa ularning turmush qurmagan singillari Umara ham shu honadonda qoldi. Nabiyning  s.a.v. katta qizlari Hazrati Zaynab vafot etganlarida Maymuna hali 25yoshda edilar. U kishi Rasulullohga s.a.v. tasalli berib,imkoni boricha dardlariga malham bo'lishga harakat qildilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Avgust 2006, 12:15:48

Rasululloh s.a.v. vafotlaridan keyin Hazrati Maymuna r.a. uzoq yillar omon yashadilar. Odam o'g'illarining sayyidi,hidoyat elchisi va insoniyatning muallimi bo'lgan Muhammad Mustafoning s.a.v. hotiralarini hurmat qilib ellik yilcha umrini taqvo bilan o'tkazdi. U kishing Rasulullohga s.a.v. muhabbatlari shu qadar samimiy ediki, vafot etganlaridan keyin, turmush qurishgan joyga dafn qilinishlarini vasiyat qildilar. Shunga ko'ra u kishi Sarafga dafn qilindilar.(Makkada o'tgan to'ydan keyin Hazrati Maymuna RAsululloh s.a.v.bilan birinchi marta Sarafda ko'rishishgan edilar)
Alloh taolo Hazrati Maymuna onamizdan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Avgust 2006, 19:15:02

Mo'minlar onasi Hafsa binti Umar ibn Hattob.

Hazrati Hafsa r.a. bilimli, yuksak ahloqli,irodasi mustahkam, sadoqatli bir sayyida ayol edi. U hijratning uchinchi yili Rasulullohga s.a.v. oilalariga qo'shilib,mo'minlar onasi bo'lish sharafiga erishdi.
Hafsa r.a. payg'ambarlik kelishidan besh yil avval Makkada tug'ildilar. Otalari Islom tarixida adolatli halifa nomini olgan, Rasulullohning s.a.v. sevimli va eng yaqin ashoblaridan bo'lgan, Umar ibn Hattob r.a.Onalari esa Zaynab Usmon ibn Maz'unning singlisi edi. Hafsa r.a. otalari bilan birga Makkada musulmon bo'lganlar. Ashobdan Hunays ibn Hazofa r.a. bilan oila qurganlar. Ilk musulmonlar safidan joy olgan bu bahtli oila Habashistonga,keyinchalik esa Madinaga hijrat qiligan. Hunays r.a.Badr va Uhud g'azotidfa ishtirok etgan. Har ikki jihodda mardonavor jang qilgan.Uhudda qattiq yaralangan Hunays Madinaga qaytgach shahodat sharbatini ichgan. Hazrati Hafsa juda ham yoshliklarida tul qolganlar.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2006, 08:24:42

Hazrati Umar r.a. qizining beva bo'lib qolishini hohlamas edilar. Bir ota o'laroq, qizlarini solih bir kishiga uzatishni niyat qilardilar. U kishi bu masalani juda ko'p o'yladilar. Hazrati Hafsaning iddasi tugagach, Hazrati Usmonning r.a. oldilariga bordilar. Chunki Hazrati Usmon o'sha paytda yolg'iz, zavjalari, Rasulullohning s.a.v. qizlari Ruqayya vafot etgan edilar.  Usmon ibn Affonning r.a. oldilariga borib Hafsaga uylanishni taklif qildilar. Usmon r.a. bu haqda o'ylab ko'rishi kerakligini aytib, bir nech kun muddat so'radilar. Oradan bir nech kun o'tib, Hazrati Usmon r.a. Hazrati Umarga r.a. uzrlarini aytib, hozir uylana olmasliklarini aytdilar. Bundan keyin Hazrati Umar bu taklif bilan Hazrati Abu Bakrning r.a. oldilariga ham bordilar. Lekin Hazrati Abu Bakr indamadilar. Hatto bir og'iz so'z ham aytmadilar. Bu hoilatdan Hazrati Umar r.a. hafa bo'ldilar. Hazrati Umar r.a. ikki do'stidan ijobiy javob ololmagach, Rasululloh s.a.v. oldilariga bordilar. Va shunday dedilar:
- Yo, Rasululloh!Men Usmonga hayronman, Hafsani unga nikohlab bermoqchi bo'ldim,u esa rozi bo'lmadi. Abu Bakr esa bir so'z ham demadi...
Ikki jahon quyoshi Rasululloh s.a.v. tabassum qilib:
- Yo, Umar! Hafsa Usmondan,Usmon esa Hafsadan hayrliroq bo'lgan birisi bilan oila quradi,- dedilar.
Hazrati Umar r.a. butunlay hayol ichida qoldilar. Usmondan ham hayrliroq kuyov kim bo'lishi mumkin?Shu tariqa bir nech kunni o'tkazdi. Bir kuni Rasululloh s.a.v. Hafsani o'zlariga so'rab keldilar va Hazrati Umarga r.a:
- Sen qizing Hafsani menga nikohla, Men esa qizim Ummu Gulsumni Usmonga nikohlayman,- dedilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2006, 08:39:05

Bu habardan Hazrati Umarning r.a.boshlari ko'kka yetdi. Rasululloh s.a.v. bu habar bilan Hafsani o'zlariga nikohlash Allohning amri ekanligini bildirgan edilar. Qisqa fursat ichida to'y taraddudlari tugadi. Hijratning uchinchi yili, Sha'bon oyida hazrati Hafsa eng ulug' zotga nikohlanib, mo'minlar onasi bo'lish bahtiga sazovor bo'ldilar.
Rasululloh s.a.v. bu tashabbuslari bilan uch ulug' ashoblari o'rtasidagi do'stlik birodarlikni yanada mustahkamladilar. Hazrati Abu Bakrning r.a. va Hazrati Umarning r.a. qizlariga uylanib, har ikkisini Mo'minlar onasi bo'lish bahtiga musharraf etdilar.
Hazrati Hafsa r.a. Rasulullohning s.a.v. muborak honadonlariga Savda va Oisha onalarimizdan keyingi kelin bo'lib keldilar. Saodat uyiga kelganlarida u kishi 20yoshlarda edilar. Savda onamiz Oisha onamiz kabi Hafsa onamizni ham ko'ngil hotirjamligi bilan qabul qildilar. Hafsa yosh bo'lishlariga qaramay oqila, otalari kabi bir so'zli edilar. Honayi saodatda bu ikki yosh onalarimiz Rasulullohga s.a.v. hizmat qilishda go'yo, musobaqalashayotgandek g'ayrat qilar edilar. Juda yuksak darajada sevgi-hurmat ko'rsatishar edi. Rasululloh s.a.v. bu ikki yosh zavjalari ikki aziz birodarlarini qizlari bo'lgani uchun ham imkon boricha sabr toqat bilan munosabatda bo'lar, ayollik zaifatlarini, yoshliklarini hisobga olib, yanada marhamatli, yanada shafqatli muomalada bo'lar edilar. Lekin barchalari ahli bashar emasmi, og'ir kinlar ham bo'lib turardi.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2006, 09:01:43

Hazarti Hafsa r.a. tabiatan qattiqqo'l edilar. Hazrati Oisha u kishini shunday ta'riflaganlar:"Hafsa tom ma'noda otasini qizidir. Mustahkam irodasi bor. Bir so'zli va qat'iyatli".
Bir kuni Rasuli Akram s.a.v. Hafsa onamizning oldilarida Hudaybiyada bay'at berganlarni eslab:
- Inshaalloh, Hudaybiyada bay'at berganlar jahannamga kirmaslar,- deya marhamat qildilar.
Hafsa r.a. esa:"SIZLARDAN HAR BIRINGIZ UNGA(JAHANNAMGA)TUSHGUVCHIDIRSIZ. BU PARVARDIGoRINGIZ (AMRIGA BINOAN) VOJIZ BO'LGAN HUKMDIR",(Maryam, 71) oyatini o'qidilar. Rasululloh s.a.v. unga:"SO'NG TAQVODOR BO'LGAN ZOTLARNI (UNDAN)QUTQARURMIZ VA ZOLIM KIMSALARNI TIZ CHO'KKAN HOLLARIDA JAHANNAMDA QOLDIRURMIZ",(Maryam,72)oyatini o'qib javob berdilar.

Hazrati Hafsa r.a. ibodatda mustahkam edilar. Juda ko'p namoz o'qir, nafl roza tutardilar. U kishining hayotlari ham boshqa onalarimiz kabi faqirlikda o'tdi. Yotoq o'rnida foydalanadigan birgina shochalari bor edi. Yoz kunlari taglariga to'shar, qishda esa bir tarafini ostlariga bir tarafini esa ustilariga yopar edilar. Ko'pincha yeyishga non ham topa olmas, lekin hech qachon bu holatlaridan shikoyat qilmas edilar. Doimo shukrda va ibodatda turar edilar. U kishi Rasulullohga s.a.v. sadoqat va muhabbat bilan bog'langan edilar. O'zlariga hadya qilingan narsalarni yeb ichmasdan Rasulullohga s.a.v.ikrom qilardilar. U muborak zotmni o'z nafslaridan yuksak va afzal bilardilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2006, 09:09:16

Hazrati Hafsa r.a. Fahri Koinotning s.a.v. vafotlaridan keyin ham munim hizmatlarni ado etdilar. Hazrati Abu Bakr davrida Qur'oni Karim oyatlari bir joyga to'planib Mushaf holiga keltirilgan edi. Hazrati Abu Bakr va Hazrati Umar r.a. vafotlaridan keyin bu Musahafi Sharif Hafsa onamizga topshrildi. Hazrati Hafsa r.a. uni sadoqat blan muhofaza qildilar. Hazrati Usmon r.a. davrlarida bu nusha ko'paytirildi.
Hazrati Hafsa onamiz oltmishga yaqin hadis rivoyat qilganlar. Hijratning 45-yili Hazrati Muoviyaning halifalik davrida 60yoshlarida dorulbaqoga rihlat qildilar. Janoza namzolarinii Madina voliysi Marvon ibn Hakam o'qidi. Baqi' qabristoniga, mo'minlar onalari oldiga, abadiy istirohatgohiga qo'yildi. Alloh taolo Hazrati Hafsa onamizni O'z rahmatiga olgan bo'lsin. Amiyn.

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Sentyabr 2006, 11:38:43

Mo'minlar onasi Hazrati Moriya al-Qibtiy.

Rasululloh s.a.v. shunday marhamat qilganlar:"Qibtiylar uchun hayr so'rangiz..."
Moriya al-Qibtiy nomi o'z davrida mo'minlarning qalbiga farah bahsh etgan. Bu nom tarixda abadiylashgandir.Alloh taolo undan rozi bo'lsin. Tarixda mashhur bo'lishiga qaramay,u haqda juda ham kam yozilgan. Tarixiy manbaalarda shahsiyatini oydinlashtiruvchi ma'lumotlar deyarli uchramaydi.

Hazrati Muhamad Mustafo s.a.v. hijratlarining 6-yilida Islom dini Arab yarim orolining deyarli barcha hududiga yoyilgan edi. Qurayshiylar bilan Hudaybiya bitimi tuzilgan yili, Rasululloh s.a.v. Eron hukmdori Qisrav, Rum hukmdori Qaysar, Habashiston podshohi Najoshiy, Qibtiylar ulug'i Mukavkis va yana bir qancha davlat raislarini Islomga da'vat qilib elchilar yubordilar. Mukavkis huzuriga Xatib ibn Abi Balta r.a. elchi bo'lib bordi. Mukavkis uni yahshi kutib oldi. Maktubni o'qidi. Yahshi muomalada bo'lib,izzat ikrom ko'rsatdi. Ammo Islomga kirish da'vatini qabul qilmadi. Xatib r.a. ketishidan oldin unga qimmatbaho sovg'alar berib kuzatdi. Xatib r.a. hadyalarni olib yo'lga chiqdi.

Qayd etilgan