Assalomu alaykum! Qadrli forumdoshlar, sog`-omon yuribsizmi?
Men forumda nisbatan yangiman. Bir yaqin oshnamni taklifi bilan kirib qoldim.
Qarasam, ba`zi jihatlari meni befarq qoldirmadi.
Ochig`ini aytganda sizlarni kimligingizni bilmayman. Ammo maqsadingiz (ya`ni yuqoridagi fikrlarni bildirishdan) faqat haqiqatni gapirish, bir-biringizni kamchiliklaringizni tilga olib, tengdoshingizni bu illatdan qutqarish, xatosini do`stona tuzatish ekanini anglagandekman.
Lekin men sizma mana shu xatti-harakatingizni o`zida ayrim nuqsonlarni ko`ryapman.
1. Meni nazarimda insonni kamchiliklarini bu yo`l bilan hech qachon tuzatib bo`lmaydi. (Qon bilan kirgani jon bilan chiqadi)
2. Siz kimligini bilmagan odamni gapi hech qachon eng to`g`ri variant sifatida qabul qilinmaydi. (Ayrimlardan tashqari, aksariyatimiz bir-birimizni yaqindan bilmaymiz. Harqalay men sizlardan hech biringizni tanimayman).
3. Vertual dunyo (internetdagi) har qanday fikt, qarash, munosabat hayotiylik, ob`ektivlik prensipidan yiroqlashadi (chunki siz bu fikrlar uchun javobgarlik hissini kam sezasiz).
4. Forumdagi gaplar, kechinmayu fikrlarning aksariyati men uchun hch qanday samara bermaydigan, maqsadsiz - bekorchilikdan aytilgan gaplardek tuyuladi (buning uchun meni kechirasizlar, degan umiddaman)...........
Bilmadim, sizni fikringiz qandy..........