AbdulAziz aka, bir savol men uchun mavhum-da... Dunyo olimlari tomonidan ruh jism vafot etgach, boshqa tanaga ko`chib o`tishi isbotlangan. Bunga misol tariqasida o`tgan hayotini, kim bo`lganini, ismini eslab, o`sha oldingi hayotidagi oilasini topib borgan odamlarni ham keltirish mumkin. Bu haqda jurnallarda, internet saytlarida ko`p ma'lumotlar bor. (Bu fakt. Bir odam o`tgan hayotidagi tilni eslab, so`zlay boshlagan, vaholanki u til allaqachonlar yo`qolib ketgandi. Bunday misollar ko`p) Islomda esa qiyomat vaqtida ruh tanaga qaytishi aytilgan. Agar ruh bir tanadan boshqa tanaga ko`chib yashasa, unda qiyomat vaqtidda qaysi jismga qaytadi?
Shunga izoh bersangiz.
Agar savolni tushuntira olmagan bo`lsam uzr.