- Yana bir iltimosim bor, - dedi Kabutar. Nuh duo qildi, Olloh taolo ijobat etdi.
(Oyat) "Ey Nuh, biz tomondan bo‘lgan salomatlik ila tush!" degan farmon bo‘ldi. Nuh qirq er va qirq Xotin bilan kemadan tushdi va Shom viloyatida dengiz bo‘yida bir qishloq qurdilar. Uni "Qaryat ul-samonina" deb atadilar. Olti oy suv ichda turganlarida shamol kelmagandi. To‘satdan shamol keldiki, bu ularga yoqmadi, kasal bo‘ldilar. Oqibatlda hammalari o‘lib, yetti kishigana qoldilar. Nuhning o‘zi uch o‘g‘li va uch kelinidan boshqa biror kishi qolmadi. Bugun kelib odamlarning yovuzlari, yaxshilari, mo‘minlari, kofirlari - hammasi Nuhningf arzandlaridan bo‘lar. Kata o‘g‘lini Som, o‘rtanchasini Hom, uchinchisini Yofas der edilar.
Bir kuni Nuh uxlayotgandi, shamol kelib etagini ko‘tardi. Shunda uning uyat joyi ochilib qoldi. Uni ko‘rgan Hom kuldi, Som esa uni malomat qildi, Yofas kelib to‘ni Bilan yopib qo‘ydi. Olloh taolo bu shimlikning yomonligi tufayli Homning pushtikamaridagi urug‘larini qora qildi. Uyalganidan xotining qo‘lidan tutib, dengiz qirg‘og‘ida qamishdan uy qilib, yashay boshladi. Shunday qilib, hindular, habashlar, zangilar - hammasi uning urug‘idan bo‘ldilar.
Arablar va Ajamlarning otasi Som bo‘ldi. Homni Hindistonga (hindular yurti demoqchi), Somni arab va ajam viloyatlarigat jo‘natdi. Yofas esa Turkiston viloyatlariga keldi. Hamma turkiy xalqlar uning urug‘idan tarqaldi. Shu boisdan turklar aziz va mukarra mbo‘ldilar. Bu so‘zlar Abu Ishoq Nishopuriy jam qilgan "Qissasi al-anbiyo"da bitilgandir. Boshqa olamlarning aytishlaricha, Ya’jun va Ma’jun ham Yofas urug‘idan chiqar. Ka’b rivoyatiga ko‘ra, Odamato uxlayotgan chog‘da tush ko‘radi. Nutfa yerga tomib, tuproqqa qorishadi. Olloh taolo undan Ya’jun va Ma’juni yaratdi. Shu bois bizlarga ota tarafdan bog‘lanib, qarindosh bo‘lar. Havvo ona tarafdan bog‘lanmas, o‘gay bo‘larlar. Abdulloh ibn Abbos (Olloh undan rozi bo‘lsin): "Odam farzandlari o‘n hissadir, uning to‘qqiz hissasi Ya’jun va Ma’jun, bir hissasi jamiki odamlardir", degan.