Hurmatli Kapalak Honim (asl ismingiz Zamira opa bo'lsa kerak), sizni bu ochgan forum o'qib, berayotgan xolis fikrlaringizdan xursand bo'ldim, ko'nglimdagi javoblarni bergansiz. Bilasizmi, turklar bizning qondoshlarimiz. Usmonli podshohlari Amir Temurdek bobolarimiz. Ular ham Turkiyadek yerga joylashib olib, bizlar uchun ham Vatan qurib ketishgan. Turkiyada bizning ham xaqqimiz bor. Manga ko'pincha yaxshi turklar, shuningdek yomonlari ham uchraydi. Yomonlari bizni yerga urgandek gapiradi, yaxshilari o'z oila a'zosini ko'rgandek gapiradi, yomonlari ham pastga uraman desalar, o'zlarini pastga ko'radilar, shu sababdan ularning gapi manga o'tmaydi, mayli gapni qisqa qilmoqchiman. "Mühtesem yüzyil" serialini sizning o'zingiz shaxsan qanday kutib oldingiz va oila a'zolaringiz bu serial haqida qanday fikr bildirdilar?
Hurmat bilan
Zafar
Ha ismim Zamira. Xolis niyyat bilan javob berishga harakat qilyabman, siz aytganday. Yana Aybsiz Parvardigor. Mening fikrlarimni Turkiyadagi kommunist va tarafdolarlari, terroristlarning tarafdorlari yoqtirmaydi, chunki men doimo ularga qarshi fikr yuritaman. Turkiyada haqqimiz bor, deganizga kuldim:) keling bemalol yashashingiz mumkin(balki bu yerdasizdir) vizani olgandan keyin hech kim mushugingizni pisht demaydi:) dunyodagi qancha millatni sigdirgan Turkiya bizni albatta sigdiradi:)
"Muhteşem yüzyıl" serialiga kelsak, eng boshda oilaviy juda quvonib qarshi oldik, chunki Usmonli tarixi, madaniyatini organishga Turk xalqining ehtiyoji bor. Faqat akademik insonlargina biladi, oddiy xalq kam biladi.
Lekin....1 bolimdan keyinoq hafsalamiz pir boldi, chunki serial tamoman reklama maqsadli, kunimizda qanday narsalarga insonlar och bolgan bolsa shu mazvular qolga olingandi.
Men urush sahnalari uchungina koraman, degandim, otga, qilichga judayam qiziqaman, qayerda? 40 yil tahtda otirgan Qonuniy Sulton Sulaymon bu emas edi! Venagacha ot surib borgan podshoxni tayinli hech bir urush sahnasi yoq edi...
Zotan serial boshlanar ekan "bu filmdagi qahramonlar va voqealar toqima" deb yozishadi, chunki film chiqar chiqmas juda kop tanqid oldi. Lekin qarangki haliyam davom etmoqda....
Sulton Sulaymonday muborak zotni ismni bu shaklda xalqqa tanitganlar inshalloh jazosini oladi...men vijdonan har hafta qiynalaman, Lekin kanallar shaxsiy bolgani uchun hech kim hech narsa qila olmadi...
Ora-sira koz tashlab qoyaman, ashaddiy muhlisi emasman, sababini yozdim...