Assalomu alaykum.
Avval
xabar berib o'tganimdek, Chustiy bratan va Robiya yangamullolarning to'yi bo'layotgan edi. Va mana nihoyat uzoq orziqib kutilgan, yil shov-shovuga aylanishga ulgurgan mazkur to'y kuni aniq bo'ldi.
Demak,
21 oktabr kuni (yakshanba) Chust shahri "Mavlono Lutfulloh" istirohat bog‘i "777" to‘yxonasida (to'yxona nomini krutoyligini qarang)
soat 10:00 da barchangizni nikoh munosabati bilan yoziladigan kamtarona dasturxonimizga taklif etamiz.
Eng qiziqarlisi, o'sha kuni xalqqa tortiladigan oshni shaxsan Chustiy mirzoning o'zi pishiradilar. Biz bu narsaga u kishini amallab ko'ndirdik. Axir har kuni ham to'y bo'lavermaydi, esda qolarli qandaydir tadbir ham qilish kerak-ku, to'g'rimi?
To'yga bormoqchi bo'lganlar, menga
PM orqali murojaat etsinlar, yig'ilib, jamuljam bo'lib, bir yoqadan bosh chiqarib, maslahatga maxsi kiydirib, gapni pishitib boramiz.
Jiddiy eslatma: To'yga borish uchun quyidagilar kerak bo'ladi:
1. Pasport - davondan o'tayotganda tekshirishadi;
2. 16 yoshdan katta bo'lishingiz (yo'qsa 1-banddagi shartni bajarolmaysiz);
2. Kuchli xohish;
3. Va to'y
onali taklifnoma konverti
P/S: Shu haqidagi oldingi mavzu berkitilgan ekan, yangi mavzu ochishga majbur bo'ldim.
To'yga borish uchun forumdan ro'yhatdan o'tgan bo'lish talab qilinmaydi.