Assalamu alaykum!
Aprel oyini ham yakunlab, tahlillarni e'lon qilish vaqti yetdi.
Aprel yi natijalariga ko'ra, forum sahifalarining o'qishlilik darajasi so'nggi olti oyda eng past natijani ko'rsatdi.
Aprel oyida forumda 328610 sahifa o'qilgan. Forum ochilgandan beri kunlik o'rtacha o'qilgan sahifalar soni ham oshib bormoqda - 6876 (o'tgan oyda - 6757). Umumiy o'qilgan sahifalar soni - 7,2 milliondan oshib ketdi.
O'tgan oyda forumda 103 ta yangi mavzu ochildi, 4182 ta post qoldirildi, 138 nafar user ro'yxatdan o'tdi.
Hozirda forumda jami 2447 nafar ishtirokchi, 166195 xabar (post), 2974 ta mavzu, 63 ta bo'lim mavjud.