Assalamu alaykum.
Abdulaziz, hafa bo'lmasangiz meni bir taklifim bor edi.
Shu ko'ngilochar bo'limi ochilganidan keyin va u yerda har hil bemaza va bachkana mavzular ko'payib ketganidan keyin, forumdan fayz ketdi nazarimda. Bu faqat meni fikrim emas, bu ko'pchilikni fikri. Shuning uchun bu bo'limdagi insonlar uchun foydasi tegadigan mavzularni Madaniyat bo'limiga qo'shib bu bo'limni umuman yopib yuborsangiz juda yahshi bo'lardi.
Chunki ko'pchilik vaqtini bekorga o'tkazishni yahshi ko'radiganlar va ko'nglini chog' qilishni hohlaganlar shu bo'limga kirib har hil bemaza postlar ko'payib bormoqda. Va natijada forumdan fayz ketmoqda.
Buni o'qigan ba'zi shu bo'limni shinavandalari hafa bo'lishmaydi, deb umid qilaman.
Bu meni taklifim xolos, uni bajarish yoki bajarmaslik o'zingizga bog'liq.
Buni Pm orqali yozib yuborsam ham bo'lardi, lekin hammani orqasidan ish qilgim kelmadi.