Kecha ho'jayinim bilan meros haqida gaplashib qolgandik. Turkiyaning Madaniy qonunlariga ko'ra agar er vafot etsa merosning 4/3ini farzand, ayoli esa 4/1 ini olar ekan. Farzandlar soni 4 bo'lsa merosning 4/3 qismi 4 ga bo'linib, qiz yoki o'g'il bo'lishiga qaramay, teng bo'linarkan. Ya'ni ayollarga ham meros berilarkan:) albatta aslida dinimizda ham meros teng bo'linishi kerak, deyilgan.
Masalaning yana bir tarafi mabodo ota qiziga meros qoldirishni xohlamagani uchun bu bilan bog'liq jiddiy sabab keltirsa masalan: meni o'ldirmoqchi bo'ldi vhk, degan taqdirda ham meros yana qizining farzandlari orasida bo'linar ekan, shu tarafiga hayron qoldim...
Bizda ayollarga meros beriladimi, qonunlarga ko'ra? Aslida Adolat mavzusiga yozmoqchi edim, lekin anchadan beri bu mavzuda javob berilmagani uchun shu yerga yozaqoldim.