* * *
O’sha kun tushdan keyin bog‘da suhbatlashayotgan do‘stlari yonidan o‘tarkan eshitilgan bir-ikki so‘z uni to‘xtab tinglashga majbur etdi. Ikki sinfdoshi baxslashar, besh-olti sinfdoshi tinglashardi. Yozma imtihonda nusxa (shpargalka)dan foydalanish to‘g‘risida so‘z borardi. Ikki do‘stining biri:
— Nusxa talabaning haqqidir, — derdi. Kim nima desa-desin, meni fikrimdan qaytarolmaydi. O’zlaringiz uddalay olmagach, tarbiyasizlikdan lof urasiz. «Pishak quyruqqa yetolmagach, «puf, sassiq» derkan», degan otalarimizning tiliga shakar. Eplasang, bu gaplarni aytib o‘tirmasding.
Ikkinchisi javob berdi:
— Bunday qilmasligimiz bu ishni noto‘g‘ri, chirkin bir harakat deb bilganimizdandir. Ha, biz bu ishni qilmaymiz. Chunki odobimiz, tarbiyamiz bunga yo‘l qo‘ymaydi. Uy-ingizda o‘tirib dars qilishga kuchingiz yetmaydi, sabr qilolmaysiz, yalqovlikka, ishlamasdan, charchamasdan dam olishni, ko‘ngil ochishni istagan nafsingizga hokim bo‘lolmaysiz, natijada haqqingiz bo‘lmagan nusxa ko‘chirishga, ya’ni noto‘g‘ri ishga qo‘l urasiz. Bu ishni ham talabaning zarurati, ehtiyoji deb qabul qilasiz. Extiyoj — ilm, zarurat — bilmoqdir. Qo‘shni do‘kondan molo‘marib olib, sotib pul topgan va yonidagi sinfdoshining bilimi bilan baho olgan ikki kishining orasida qanday farq bor?! Balki bir kun kelib ko‘shnining molini o‘g‘irlash yomonligi to‘risida millatga nasihat qilarsiz. Boshqasi gapga suqildi: