O'zingizni o'zingiz davolashni bilasizmi? Xastlik infeksiya, nasl yo noto’g’ri hayot kechirish tufayli kelib chiqishini bilamiz. Ammo aynan kasal bo’lishdan qo’rqish, o’zi nimjon deb bilish ham hastalik keltirib chiqarish haqida eshitganmisiz? «Bemor miyasida hukm surayotgan kayfiyat unining tuzalishini istashi»,-deydi shifokor Karl Simonton. U Kaliforniyadagi rakni davolash markazining rahbari va dunyo tan olgan shifokordir. Karl tasavvur qilish mashqi orqali katta shuhrat qozongan.
«Bizningcha, odamlar mana endi miya va tana qanchalik chambarchas bog’liqligini tushinib yetayapti. Biz kasallik rivojlananishini huddi shunday tezlik bilan orqaga qaytarish mumkinligini bilamiz. Inson barcha kasallikdan qutqarish yo’li uning qo’lida ekani aniq isbotlanadi».
So’ngi yigirma yil ichida seminarlari orqali 100 mingdan ortiq odamga ong kuchidan foydalanishni o’rgatgan Jon Kexoning tajribasi diqqatiga sazovordir. Keling, uning o’quvchilaridan biri Martin Bofmaning hikoyasini eshitaylik:
«34 yoshimda kasalxonaga yotdim va shifokorlar orqa miyamda o’sma borligini aytishdi. O’sma tuzalmaydigan turidan edi va men hech nimadan umid qilmay qo’ydim. Aytishlaricha, ikki oydan uzog’i bilan bir yil yashashim mumkin edi. Shunda o’z-o’zimga yordam berishga qaror qildim. Men kuniga ikki marta 15 daqiqadan meditasiya bilan shug’ulandim. Xayolan tanam va undag o’smani tasavvur qildim. Har safar men o’smani kichkinalashtirib tasavvur qilardim. Men istagan narsani ko’rishim mumkinedi. Men rak to’qimalarini immunitetim yo’qotib tashlayotganini aniq ko’rardim va har safar ular kamayib boraverardi deb ongimga singirdim. Ichimdagi havotir menga hech nima o’zgarmaydi, deb shivilasa ham, men qaysarlik bilan tuzalayapman deb o’yladim. Har safar meditasiya davomida» «Kundan kunga yahshi bo’lib borayapman», deb shu gapga ishonmagunimcha takrorlayverardim.
Meditatsiyadan tashqari men tuzalayotganimga boshqacha yo’l bilan ishonishga harakat qildim. Har safar tanamda og’riq paydo bo’lishi bilan men o’sma katalashib, o’limim yaqinlashayotgani haqidamas, aksincha, o’smaga tasir etayotgan kuch uni toсhtatishga yordam berib meni sog’aytiryapti, deb o’ylay boshladim. Miyam har kuni sog’ayishga yordam beradigan narsalar bilan band edi: yeyayotgan ovqatim tuzalishimga zarur bo’lgan quvvatni beradi, meni yaxshi ko’rgan odamlarning mehri meni qutqaradi, deb ularni esga olardim. U vaqtda men bu ishlar foyda berishini aniq bilmasdim, ammo o’zimning ahvolimga qarab bilib olaman, degan hulosaga keldim. O’ylaganimdek, har kuni menga qandaydir kuch yog’ilib kela boshladi. Bu usulni qo’llayotganimga ikki oy bo’ldi va men shifokor ko’rigidan o’tdim. Shifokor lol qoldi, chunki o’smadan asar ham qolmagandi. Bunga u hech ishonmadi. Uning hayrati men tasavvur qilgandek kuchli va ta’sirli edi. Uyga qaytayotganimda yo’l bo’yi kulib, xotinimga bu ajoyib yangiliklni qanday aytishimni tasavvur qilardim.»
Bu usulni natijasini isbotlovchi yagona misol emas. Kexo bir guruh talabalar bilan bo’lgan muloqot vatqida bir ayol o’rnidan turib boshidan o’tgan shu holatni so’zlay ketdi:
«Yoshligimda o’z-o’zimga nuqul : «Hech qachon shamollab qolmayman» derdim. Bilasizmi, haqiqatdan ham hecham shamollamaganman». U gapini tugatishi bilanoq ellik yoshlardagi bir kishi o’rnidan turib shunday dedi: «Bu juda qiziq. Men esa doim: «Yilda bir-ikki martda shamollamasam turolmayman», dedim. Aytganimdek, har yili bir-ikki marta shamollab turaman.»
Jek Frank o’tkazgan zararsiz dorilarning organizmga ta’siriga oid tajribalari ishonch tanada yuz berayotgan jarayonlarning bohqarishini tasdiqlaydi. U bir guruh bemorlarga hech qanday ta’sir qilmaydigan modda, yana bir guruhiga o’ta samarali dori va boshqalarga morfiy bergan. Kuchsiz dori ichayotganlarga bu morfiy deb ichirishgan va tez orada bemorlar og’riq yo’qolganni aytgan. Morfiy olgan bemorlarga esa shifokor juda kuchsiz dori oldingiz degan. Bemorlar og’riq yo’qolmaganidan shikoyat qilgan. Umuman hech qanday ta’siri bo’lmagan dorini berayotib shifokor bu dori boshni og’ritishi mumkinligini aytganda, bemorlarning uchdan ikki qismi bosh og’rig’idan shikoyat qildi.
Siz o’zingiz nimaga ishonasiz? Siz ham hamma gripp bo’lsa, menam yuqtirib olaman, deydiganlar hilidanmisiz yok hech qachom kasallanmayman deb ishonasizmi? Unutmang, taxmin va umidlarimiz ro’yobga chiqish xususiyatiga ega
манба:
www.emedic.uz