forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: saraton07 22 May 2008, 03:22:04
-
Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu azizlar,Xonimalar va Janoblar.
Bismillahir rahmonir rohiym.
Muqaddas dinimz bu dunyoga kelibdiki,dunyoda ezgulik kurtaklari barg yozib, ma'rifat va ma'naviyat quyoshdek charaqlab,zilola qalblarimizda aks berib kelmoqda. Bungacha, bu holatlar chang ostida edilar. Hazrati Payg'ambarimiz, Robbimizning inoyati bilan Nurli Islomni olib kelganlaridan so'ng, bu chaglar iymon sabolari bilan uchib ketdilar. Ollohga shukur, behisob shukur.
Davrlar o'tib, Islomda ozmi ko'pmi yangi tushunchayu,urflar paydo bo'lib keldi. Noto'g'rilari olib tashlanib turildi, amal qilganlar chetlatildilar. Barcha holatlarni ko'rdilar musulmon,zamonlar silsilalarida.
Qachonlardir nimalardir urf bo'lgan. Yo'qolgan,yoki takomillashib kelgan.
Bular tabiiyki jamiyat hayotiga chambarchars bo'g'liq bolib kelganlar.
Hozirgi kunlarimizga qaytsak, sir emas hayotimiz ham yaxshi ham yomon odatlar to'lib-toshib shiddat bilan olg'a yurmoqda. Yevropa Osiyoga,Osiya Yevropaga taqlidda hozir.Oldinroqlari Osiyo Yevropaga taqlidda edi.Endi esa baravar.Har sohada:madaniyat ,iqtisodiyot,siyosat, hamma hammasida. Qachonlardir Osiyo Yevropaga madaniyat iqtisodiyot sohalarida taqlid qilsa, hozir Yevropa,ko'proq Osiyo madaniyatiga taqlidda. Kichkina misol,madaniaytdan. Hozirgi kunda Sharq raqslari,ayniqsa qorin raqslari,lezginka, musiqalarda sharqona usullariga taqlid kuchliroq.
Osiyoda esa ko'proq taqlid mavjud, Shulardan kiyinish, yurish turish, tarbiyaga oid holatlar. Aksariyat musulmon davlatlarda musulmonchilik odatlariga hujum boshlangan desak adashmaymiz. Oddiy holatlarga aylanib borayon jaholat ko'rinishlari avj olyapti. Ollohga shukur hali bu narsalarga qarshi kurashguvchi musulmonlar talaygina.
Mavzumizga qaytsak. Islomda moda,modern,styl nima. Tabiiyki hamma har xil tasavvurda.Balik kimlardir ajablanar, islomda qanday moda,qanaqa modern, nima u islomiy styl? deb.
Hozir o'z o'zidan aholi orasiga kirib kelayotgan yot madaniyat vositalari, Milliyligimizga xavf solmoqda. Bu esa tabiiy, hamma sohalarda jiddiy muammolarni kelajakda bizga "sovg'a" qilishi muqarrar. Buning oldini qanday olish kerak deb hisoblaysiz?
Mening fikrimcha, no islomiy modalarga,styllarga,munosib javob, zamonaviy javob berish kerak. Yigitlarda va qizlarda milliy moda tushunchasini o'yg'otish kerak. Va bundan faxrlanishni o'rgatish kerak. Biz O'zbekmiz, bu o'zbekcha moda, bu mening milliy stylim degan tushunchalarni ommalashtirish kerak. Kerak,kerak,kerak bilan ish bitmaydi albatta.
Bunga aziz forumdoshlar ,har birimizning ishtirokimiz talab etiladi. Avvalo uyimizda shu fikrni yoritish, so'ngra o'qishda yoki ishda namoyon qila boshlasak, bizdan hech narsa yutqizilmaydi.
Forumimizdagi dizayner,stilist, modelyer, balki DJ lar bordirlar, men shu mavzudagi fikr- mulohazalarini bildirishni iltimos qilardim. Va barchani, qalbida Ollohga, diniga, yurtiga olovli mehri bo'lgan yoshlarimizni ,ishtirokchilarimizni munozaraga chorlab qolaman.
-
Islomda moda ,modern styl deb shariatga loyiq: kiyinish, yurish turish,odatlar, tarbiya,ilm olish,madaniyatlilikni har xil go'zal ko'rinishlarda, ommabop usllarda, yoqimli tarzda, chegaradan chiqmasdan namoish qilish, urfga aylantirish demoqchiman. Sizchi?Takliflaringiz, fikrlaringiz. Nimani modaga chiqarmoqchisiz, aziz mutaxasis forumdosh?
Umuman bu to'g'ri ideami? Nima deysiz?
-
Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Xonimlar va Janoblar.
Katta rahmat sizga Birodar,fikrlaringiz haqiqat.
Man bu mavzuni ochishdan maqsadim nimanidir Islomda modag qo'shish kerak demoqchimasman,astag'furulloh deyman bundan. Chunki kichkinagina bir odatchani,birovni ishontirib, shu to'g'ri islomda deb tushuntirish bu juda katta ma'naviy talofotlarga olib keladi.Olloh ko'rsatmasin bularni.
Lekin mening fikrim shuki, hozirgi zamon modalariga, iflos modalariga xususan, yangicha,modern usullar bilan zarba berib, Muqaddas Islomimizning nufuzi uchun,islomiy odatlarni urf qilishga, omma ko'ziga chiroyli qilib ko'rsatishga harakat qilish kerak demoqchiman. Musiqalar,diskotekalar mavzusida sizga ham fikrman. Diskoteka degani-bu fisqu fasod, buzuqlik, tubanlik deganidir. Bu gapimga e'tirozi borlar bilan bahsga tayyorman.
Siz aytayotgan saytlar va ular qilayotgan ishlar g'azabingizni o'ynaydi.
yana bir narsani juda to'g'ri aytdiz. Hamma yerdagi musulmonlar har xil mentalitetga ega, yagona musulmonchilik mentalitetiga emas. Hohlardikki umumiy qoidalardan tashqari,butun dunyo musulmonlarida har odatda birxil islomiy udumlar bo'lsa.
Yurtimizdagi viloyatlarda,ma'lumki, har xil udmlar ,xususan islomiy udumlar talaygina,lekin hammasi harhil. asosan nikoh marosimlarida. Tovba,hozir har xil modalarni chiqarishyaptiey. Tag'in islomda to'g'ri deb bilishadi. Nega butun mamlakatda bir udummas,nega har bir viloyat,hatto qishloqlar ham har xil rioa qilishadi. Nahotki bunda yechim yo'q.
Nahotki bizda chiroyli hijoblar modaga o'tmasa,nahotki namoz o'qishlar,Jum'aga borishlar moda bo'lmasa.
Ham islomiy , ham dunyoviy ilm olishlik nahotki moda bo'lmasa. Qaniydi shunday bo'lsa. Ollohdan chin qalbimdan tilardim shularni.
Sizda bu masalarda qanaqa fikrlar bor aziz forumdoshar? Aholi orasida, chin islomiy odatlar modaga o'tsa , yurtimizda chin Islomiy obi-havoga ega zamonaviy tabiat paydo bo'lsa qaniydi. Bu har birimizning qo'limizda azizlar., azizalar.
-
Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Xonimlar va Janoblar.
Astag'furulloh, urf bo'lsinu, o'zgarmasin ilohim ,men aytgan harakatlar..
Birodar, siz aytgandek, Yevropa, AQSh va boshqa joylardagi, Islomni tushunish, amal qilish principlari, Islom qadimdan rivoj topib, kelgan mitaqalardagi holatdan butunlay farq qiladi.
Va ajabki hamma joyda islomga har xil( hammasi ham o'rinli emas) munosabat. Qo'llab quvvatlash, ta'qib hamma joyda mavjud ,bu sir emas.
Yaqinda bir ko'rsatuvda Germaniyalik bir nemis ayolining, maktabdagi faoliyati davomida, Islom orqali bolalar ongiga salbiy ta'sir qilayotganligini ayblab sudga beribdilar.
Ayblovchi fikricha, Muslima o'qituvchi boshidagi ro'moli bilan o'quvchilar ongiga yomon ta'sir ko'rsatarmish.Hech kimning, o'quvchiga o'z e'tiqodi bilan ruhiy ta'sir o'tkazishikka haqqi yo'qmish.
Bu ochiqdan ochiq Islomga hujum emasmi? Shunday demokratik davlatda shunaqa bema'niliklar.
Kechirasizlaru, o'sh qolgan o'qituvchilar, har zamonda" O mine, God" hayajon,izhorlarini takrorlab turmaydilar deb o'ylaysizmi? Bu ham diniy o'zini tutishmas deb kim aytadi.
Bilmadim o'sha xonim yutib chiqdimilar yoki yo'q.
Haqiqatda siz aytayotgan 2 chi toifa sir emaski, hozirgi jamiyatimizdagilarning aksariyatidirlar, afsuski. 3 chi toifa esa o'z-o'zidan anqonning urug'i hozirgi kunda.
Zamonaviylik deb, hozirgi jamiyat haddidan oshmoqda.
Afsuslar bo'lsinkim, ko'chalarda uchrab qoladilar ba'zida, torgina shimda, boshda esa hijob.Bu nima zamonaviylikka intiluvmi.Islomda bidat keltirib chiqarishmi? Nega endi oddiy uzun ko'ylaklarda yurish or bo'lyapti? Buni nima yomon tarafi bor.
O'sha shimni kiymasa ham hech nima kamayib qolmaydiku.
Bunaqa tor kiyinishlar g'arb psixalogiyasiga oidligini hamma biladimi?
Bu kabi modalar, ikki jinsning bir-biriga jalb etilishi maqsadida ekanligini hamma biladimi?
Ikki jinsning jalb bo'lishlari bu nima? Buni to'g'risi , zinoga yo'yish mumkin deb o'ylayman. Zino esa hamma musulmonlar biladilarki, gunohi azim, falokatga eltuvchi yo'l.
Afsuski, xonadonlarimizda bunga e'tiborni hamma ham beravermaydi. Hattoki namozxon ota-onalarimiz ham.Bu bor haqiqat.
Oqibat qizlarimiz g'arbona modaga beriladilar,ularni ko'rgan oddiy qizlaresa:
--- Mana, hijoblilar ham shunday qilishyapti-yu,- degan fikrni qurol qilib oladilar.Bu ham katta muammo ayni vaqtda.
Ex, gapirsak gap qaynab kelaveradi,Birodar aytganlaridek, davom etamiz keyin...........
-
Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Xonimlar va Janoblar.
Bismillahir Rohmanir rohiym.
Azizlar,bugun bir mudhish voqea qalbimni larzaga soldi.
Buni ayrimlar shunchaki bir oddiy ,bo'lishi kerak bo'lgan voqea kabi qabul qildilar,ayrimlar shunchaki achinish bilan.
Kimga qanaqa bu voqea,hamma har fikrda.
Xullas bir bir muslimaning nasroniylik dinini qabul qilganini va cherkovga qatnashishini bilib qoldik.Afsus.............
Tuppa tuzuk qiz,shunaqa qilib o'tirsa,alamingiz kelarkan.
Xo'sh,nega bunday qildi u,nima turtki bo'ldi,nima bu yo'lga tortdi u qizni?
Bu voqeaning qanaqa qilib kelib chiqqanini oldin mulohaza qilib ko'rsak,keyin sizning fikringizni eshitsak.
Xullasi kalom, u qiz onasi bilan( otasi yo'q menimcha) Moskvaga ishga kelgan edi,tanishlari orqali.
Yaxshi ishxonada ishlardi,onasi boshqa joyda ishlardi.
Musulmonlardan bo'lganlari bilan, xuddi ruslardek yurishardi,yashashardi.
Bunaqa yurishni, yashashni o'zimizda urf bo'lgan desak yanglishmasam kerak.Ayrim mo'min(a)larimizni aytmasak,deyarli hamma kiyinishu boshqa jabhada kofirlikdan qolishmayaptilar.Va yana, shunday kishilar musulmonmiz deb ko'krak keradilar,hamda dinimiz qoidalarini o'zlaricha,go'yoki "zamonaviy" talqinda tadbiq etadilar,tavba.
Ya'ni,shulardan ayrimlarini aytmoqchiman.
Astag'furulloh,eshitinga,
---Aroqning kayfi haromu,o'zi halolmish,yo alhazar,qayda buning isboti dengchi ,javob yo'q,
---Xudoni o'zi kechiradi,olaver,yoki qilaver,yoki uraver degan aqidalar ayrimlarning ongini egallab olgan,ming afsus....
---Qani tost sizdan endi,taqsir. deydilar nodonlar,
Keyin haligi "Taqsir" ham boshlaydi,(o'zicha hurmat uchun hammani ham taqsir deyishyapti hozir)
---Xo'sh,yuqoridagi gaplarga qo'shilamiz,keyin yana eng yaxshi tilaklarni tilayman,Shu kishiga(bolakayga,qizaloqqa,otaxonga,onaxonga,okaxonga,opaxonga......bu ro'yxatni adog'i yo'q) Xudoyim uzoq umr bersin,u bersin ,bu bersin ,deb javrashni boshlaydi.
E'tibor bering,qo'lda aroq,Xudodan birovga tilak tilayapti.
Bu hozirgi jamiyatimizdagi modalardan biri,tan olavering,forumdosh.
Endi,bu "moda"lar qayoqqa olib borayapti,nimalar qilayapti musulmon yoshlarimizni?
Yuqorida aytib o'tganim,bugungi voqeadagi kabi tubanliklarga boshlashga asos,turtki bo'lmayaptimikan.
Xalqimiz orasida urfga aylangan bunaqangi ko'rinishidan tabiiy holga aylanib ulgurgan qabihliklarni deb,oilalarimizdan,musulmoncha nafas olish yo'qolib ketmayaptimikan?
Jamiyatimizni musulmon deb biluvchi yoshlarimiz,bu kabi "zamonaviylik"larniyu, "moda"larni ko'rib,asl musulmonchilikdan bebahrayu,benasib bo'lib ketmayaptimilar?
Haligi qiz ham juda yosh hali,lekin erki o'zida,mustaqil.Hohlaganini qiladi.Oldinlari bo'ynida musulmoncha tilla zanjir taqarkan,hozir esa tasavvur qilavering nima taqishini.
Umuman olganda bu yoqlardagi tatar millatiga mansub ayollarning yarim oy va ichida arab yozuvi tushurilgan medal'on,tilla zanjir,yoki uzuklarni taqib yurishlari modaga chiqqan.
Lekin afsuski,kiyinishlarini nasorolardan besh battarligi yarim desak xato bo'ladiyu,deyarli undanda oshirib yurishlari dinimiz uchun og'ir dard.
Yoshlarning esa faqat o'zga yurtlarda emas, Vatanimizda ham dinimizdan chiqib ketayotganliklari,yurakni ezg'ilaydi,ming afsus.
Qani endi, har narsaga,xalqimiz,asl Islomiy nuqtai nazar bilan qarasayu,har baloni zamonaviylik deb qabul qilavermasa.