12-bob Tahorat sababli hosil bo‘ladigan peshona, oyoq va qo‘ldagi oq qashqani uzaytirish, ya’ni tahorat qilayotganda a’zolarni yuqori qismigacha yuvish mahbubligi haqida
451/1. Nu’aym ibn Abdulloh al-Mujmir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Abu Hurayra roziyallohu anhuning tahorat olib, yuzlarini yuvib, tahoratni mukammal qilib, so‘ngra o‘ng qo‘llarini yuvib, hatto yelkadan bilakkacha bo‘lgan qismini yuvishga kirishganlarini ko‘rdim. So‘ngra chap qo‘llarini yuvib, hatto yelkadan bilakkacha bo‘lgan qismini yuvishga kirishib, so‘ngra boshlariga mash tortib, keyin o‘ng oyoqlarin yuvib, hatto boldirni ham yuvdilar. Keyin chap oyoqlarini yuvib, hattoki boldirni ham yuvganlarini ko‘rdim. So‘ngra Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mana shunday tahorat qilganlarini ko‘rdim», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar tahoratni mukammal qilganingiz uchun qiyomat kuni peshonasi, oyoq va qo‘li oq qashqa bo‘luvchisizlar. Sizlardan qaysi biringiz peshonasidagi va oyoq hamda qo‘lidagi qashqani uzun qilishga qodir bo‘lsa, uzaytiraversin, ya’ni a’zolarini teparoq qismigacha yuvib, oq qashqasini uzaytiraversin», dedilar».