Kechasi haqiqiy futbolni ko'rish nasib etdi. Bavariya Barselonani 4-0 hisobida yengib keyingi bosqich masalasini deyarli hal qilib oldi.
Barselonaga rahmim keldi, Bavariya darvozasi tomon deyarli yo'l topa olmadi, 2012 yilda qanaqadir hizmatiga oltin to'p olgan Messi deganlari hech nima qila olmadi.
Ochog'i, Bavariyadan bunday tezkorlikni kutmagan edim, shunaqangi shiddat bilan o'ynashdiki mana haqiqiy futbol devordi odam. Anchadan beri bunday hujumkor o'yin ko'rmagandim, Barselonaning kvadrat usulda to'p oshirib o'ynab odamni ezib yuborardi, Chelsining himoyaga yotib olib o'ynash umuman zeriktiradi. Bavariya haqiqiy o'yin namoyish etti.
Endi Bavariya muhlislari ham yomg'irdan keyingi qo'ziqorinday ko'payib ketsa kerak, Aqoid aka nima derdi? :-)
Bugun yana Ispan - Nemis grandlari juftligini ko'ramiz. Finalda Real - Bavariya o'yinini ko'rish nasib qilsin.