Andijon Chet Tillar Instituti
1966 yil tashkil topgan. Ingliz, roman-german, slavyan fakulьtetlarida 1470 talaba tahsil oladi. Ularga 205 o'qituvchi ta'lim beradi - 7 fan doktori, 42 fan nomzodi. Institut 5 ixtisoslik bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydi: Ingliz tili (o'zbek va rus guruhlari), nemis tili, frantsuz tili, rus tili, tarjimon referent. Institut Germaniya (Leyptsig, Bonn), Rossiya, Ukraina, AQSh, Frantsiya, Turkiya universitetlari, Moris Torez nomli horijiy tillar instituti bilan mustaxkam aloqa o'rnatgan. Institutning 24 talabasi AQSh, Germaniya, Turkiya oliy o'quv yurtlarida tahsil oldilar. 18 o'qituvchi va professorlar AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniya, Frantsiya, Koreyada malaka oshirdilar.