Turkcha kino, seriallarda ko'p ko'raman. Ota onasini qo'lini farzandlari, kelini kuyovi ..... o'padi va peshonasiga tekkizadi. Hurmatni juda chiroyli ko'rinishi deb bilaman. Lekin ba'zida g'alati tuyuladi. Aytingchi bu "qo'l o'pish" degan narsa faqat ota onalar uchunmi yoki masalan singlisi opasini qo'lini o'psa ham bo'ladimi?
2. Bitta oilada turadiganlar har kuni shu odatni qiladilarmi?
1. Odatda- yoshi kattalarni asosan ota-ona, yaqin qarindosh-urug'larni qo'llari o'piladi. Lekin har viloyatda ham keng tarqalmagan. Bazi viloyatlarda qo'lini o'pib peshonasiga qo'yadi, bazilarida esa iyagini qo'liga tekkizib peshonasiga surtadi.
Lekin yaqin qarindosh bo'lishi shart-nomahram sanaladiku. Lekin bazan "zarar kelmaydigan" insonga bo'lgan hurmatidan qo'l o'pganlar ham ko'p:) tanimasa ham. Masalan to'ydan keyin- El o'pme- qo'l o'pish, degan marosim bor. Biz ham qarindosh urug'larni uylariga birma-bir borib qo'llarini o'pganmiz. Bu men bundan keyin sizni qarindoshingizman, meni ham qabul qilinglar, sizga hurmatim cheksiz, degani:)
2. Bitta oilada turadiganlar har kuni o'pmaydi, Diniy bayramlarda...Biz qaynonamlar bilan yaqin turamiz kunora borsak ham qo'llarini o'pamiz.
Masalan: Eli o'pulesi adam (qo'li o'pishga loyiq)- degan ibora bor. bu - juda qadrli, hurmatli, xizmati singgan inson, degan ma'nodadir.
Ha keyin singlisi opasini, akasini qo'lini albatta o'padi. Shart emas, lekin hurmatdan. Bu hayitda 1 chi marta meni amakilarimizdan birini o'g'li qo'limni o'pdi, bola 12 yoshlarda, rosa g'alati bo'lib, uyaldim. Kerakmas, deb qo'limni tortgandim, "sen yangamizsan-ku", dedi:)
Hayitlarda bolalar kattalarni qo'lini o'padi, kattalar esa pul berishadi:) qochish yo'q:)