O'zbek xalq maqollari  ( 337090 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 59 B


Nodi  18 Iyul 2006, 04:33:34

Vaqting ketdi - baxting ketdi.

* * *

Vaqtli harakat - oxiri barakat.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:33:45

Gap - ko'p, ko'mir - oz,
Gap - ko'p, umr - oz.

* * *

Dardingning vaqti o'tsa
Tabibdan o'pkalama.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:33:52

Dehqon bo'lsang, kuz hayda,
Kuz haydamasang, yuz hayda.

* * *

Yozda ishlamagan,
Qisgda kesak yer.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:33:59

Yozda miyang qaynasa,
Qishda qozoning qaynar.

* * *

Yozda uy joy qurmasang,
Qishda balchiq kecharsan.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:34:06

Yozda mehnat qilsang,
Qishda yeysan kishmish
Yozda mehnat qilmasang,
Qishda yeysan eski tirkish.


* * *

Yozda yuz yama,
Qishda g'am ema.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:34:15

Yozni qo'yib qish dema,
Qishga yarasha ishing bor.

* * *

Yoshligingda kiymakka qizg'anasan,
Qariganda kiymakka uyalasan.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:34:25

Yoqut bilan vaqt topilmas,
Vaqt bilan yoqut topilar.

* * *

Jo'ja tovuq bo'lguncha,
Kalxat ko'p kelar.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:34:32

Inson umri - daryo suvi.

* * *

Yo'qolgan oltin topilar,
Yo'qolgan vaqt topilmas.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:34:38

Jo'ja kuzda sanalar.

* * *

Yoshligingda odatlansang,
Qariganda ko'nikasan.
Qariganda odatlansang,
Ko'nikkuncha ko'milasan.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 04:34:44

Kech boshlagan kechikar.

* * *

Kechga tortgan ochga tortar.

Qayd etilgan