Assalomu alaykum.
Aziz forumdoshlar. Prodyusserim ChehMik janobi oliylari aytganlaridek, biz bir loyihaga qo'l urib qo'ydik. Ushbu loyihamizning nomi "Kutilmagan mehmon" deb nomlanadi. Ya'ni Forumimizda yashab ijod qilayotgan bir qancha insonlardan do'stona intervyu olinadi hamda u sizlarning e'tiboringizga havola etiladi. Bu nima uchun kerak?
Avvalo, Forum Vertual olamdagi insonlarni yaqinlashtiruvchi maskandir. Ammo so'ngi vaqtda Vertuallikdan Reallik sari ham ko'plab qadam qo'yilmoqda... (Uchrashuvlar, futbol bunga misol bo'la oladi) Biz Forumdagi userlar haqidagi xulosani ularning ma'lum bir mavzuda qoldirgan posti orqali beramiz. Ba'zi shunday userlar borki, ularning kimligi, qachon tug'ilgani, qayerda turishi, nima ish qilishi, xarakteri, shaxsiy hayoti haqida juda ko'p ma'lumotlarni bilamiz. Masalan, AbdulAziz, Chustiy... Ammo yana ba'zi shunday userlar borki, ular sirli sandiqning o'zi. Hech kim hali bu sandiqning ichini ochib ko'rmagan. Bizga ma'lum bo'lgani faqat yuzaki ma'lumotlar: sandiqning rangi, hajmi, ko'rinishi ma'lum xolos. Ammo ichi...
Ushbu loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad shundaki, biz o'sha sandiqning og'zini ozgina ochmoqchimiz. Ichkarisiga biroz mo'ralamoqchimiz... Balki, ichidan bir sandiq oltin topib olarmiz...
Xullas, maqsad shu. Loyiha ham shu. Birma-bir ochilmagan orollarni kashf qilib ketaveramiz. Buning uchun siz azizlarning ham yordamingiz kerak bo'ladi. Qanday yordamligini esa keyin aytamiza, aka ChehMik???
Aslida bu loyihani ancha oldin o'ylagandim. Lekin aynan birinchi intervyuni niyuat qilib, Qurbon Hayiti arafasida olishni o'ylab qo'ygandim. Toki, boshlagan yangi ishimiz, faqat ezgu maqsadlarga xizmat qilsin degan umidda. Mana xozir ham atayin Hayit kuniga o'tish arafasida kiritib turibman...Ushbu loyiha asosida tayyorlangan intervyular:1.
Robiya: "Yoshligimda ko'p futbol o'ynardim!"2.
Muhammad Sohib: "Forumda global moderatorlarni o'zgartirish kerak!"3.
Muhammad Amin: "Forumdosh qiz bilan hayotimni bog'lamoqchiman!"4.
BelleQizcha: Kulgu ortiga yashiringan yurak5.
Abu Muso: "œDo'stim - iymonim, hamrohim - namoz"¦"6.
Mas'ud: Hayot formulasi7.
Lu'lu' opa: Onalik mas'uliyati8.
Ansora: "Haqiqatga chiday olmayman"