O'zbek tili-ona tilim. Rus tili ham ancha yillar ona tilimizday qo'llanganimiz uchun yaxshi o'rgatildi bizga:) Lekin nima bo'lsa ham bu tilda "rizqimni terib yedim"
Turk tili sohasida aspiranturamni o'tgan oy tugatdim. Maktabda Nemis tili o'rganganman. Bilasizlar balki, "Til juda vafosiz, azgina beparvo bo'ldingizmi darrov sizni tashlab ketadi," degan gap bor:) Toshkentda Universitetda Fors tili o'qiganmiz, ishim tushganda foydalana olaman, asosan yozma adabiyotdan. İngliz tiliga kelsak, dardimni tushintira olaman. Bir marta İstambulda yo'qolib qolganimda Amerikalik bir turistdan yo'l so'raganman, taqdirni qarang:) Arapchaga qiziqishim juda qattiq, nasib bo'lsa albatta o'rganaman. Eski O'zbek yozuvi yoki Usmolicha o'qiy olaman. Turkiyada Til sohasida o'qiganim uchun O'rhun obidalari, Qutadg'u Bilig va shunga o'hshash matnlarni o'qishni ham o'rgandik vaqtida, lekin imtixonlardan o'tish qiyin bo'ldi. Turklar, bir lisan, bir insan, deydilar. Bir kun foydasini ko'rasiz albatta, Til o'rganmoqchi bo'lgan barchani Alloh zehinlarini ochsin insholloh.