26. HAZRATI ISO ALAYHISSALOM
Zakariyo alayhissalomning xotunlari Isoning singlisi Hanna Bani Isroil ulug‘larindin Imron nomli kishining xotuni o‘lub, aslo bola tug‘mas edi. "Agar Alloh menga bola bersa, Bayt ul-muqaddas xizmatiga nazr qildim", deganlarida Janobi Haq bir qiz ato qildi. Nomlarini Bibi Maryam qo‘yub, Bayt ul-muqaddasga eltub qo‘ydilar. Zakariyo alayhissalomning tarbiyalarinda katta bo‘ldilar.
Bir kun Allohning amri birla Hazrati Jabroil kelub, Bibi Maryamning yaqolarindin dam solganlarinda ikkiqat bo‘ldilar. Yahyo alayhissalomdin olti oy so‘ng Iso alayhissalom tug‘uldilar. Yahudiylar Hazrati Isoning atosiz tug‘ilganlariga ishonmasdin, Zakariyo alayhissalom ila Bibi Maryamga bo‘hton qilub, o‘ldurmakchi bo‘lub bordilar. Hazrati Iso
5Kaldoniya davlati Bobilda 68 yil hukumat surgandin so‘ng Erondin Kayoniyon davlati zuhur edub, Bobilni zabt kilub, Kaldoniya davlatini barbod va inqiroz kildilar. Shul vaqt Bani Isroil asorat zanjirindin qutilub, jonlarindin sevikli vatanlariga kelmishlar.
6Zakariyo alayhissalomning xotunlari Isoning singlisi Hanna Bibi Maryamni tug‘ub, Bayt ul-muqaddasga nazr qilub, Zakariyo alayhissalomga tobshirmish edi. Bibi Maryam Isoni(ng) atosiz tuqginlariga yaxudiylar ishonmay, "atosiz bola tug‘ulurmu", deb Zakariyo alayhissalomga bo‘hton kilganlar.
beshiqda so‘zga kirub: "Man Allohning quliman, Alloh manga tezdin kitob yuborub, payg‘ambar qilur va har yerda mani muborak qilur", - dedilar. Bu so‘zni eshitub, yahudiylar hayron bo‘lub, Bibi Maryamni qo‘yub, borub Zakariyo alayhissalomni shahid qildilar, Taajjubki, yahudiylar Hazrati Odamning atosiz, anosiz yaratilganlariga ishonub, Hazrati Isoning yolg‘uz atosiz tug‘ulganlariga ishonmadilar. Bibi Maryam ham yahudiylarni yamonligindin qo‘rqub, Hazrati Isoni olub, qarindoshlari Yusuf Najjoz ila Misrga borub, o‘n ikki yil turdilar. Andin Quddusi sharifga kelub, Nosiriyo qur’yasinda turdilar.
Iso alayhissalomga o‘ttuz yoshlarinda payg‘ambarlik kelub, Injili sharif nozil bo‘ldi. Hazrati Isoning shariatlari chiqub, Hazrati Musoning shariatlari ishdin chiqdi. Xalqni imonga chaqirdilar. O’luklarni tirguzmak, tug‘ma ko‘rlarning ko‘zlarin ochmak, suv ustinda yurmak kabi mo‘‘jizalar ko‘rsatdilar. Faqat o‘n ikki kishi imon keturdilar. Bularni "havoriyun" deyilur.
Hazrati Iso yahudiylardin qo‘rqub, havoriyunlar ila yoshirun majlislar qilur edilar. Yahudiylar doim o‘ldurmakchi bo‘lub, izlab yurur edilar. Bir kechasi Iso alayhissalom havoryunlarni yig‘ub: "œSizdin biringiz tongdin avval dindin qaytub, bani oz aqchaga yahudiylarga sotur", - dedilar. Darhaqiqat, arolarindin Yudo Sham’un ismli kishi yahudiylardin bir oz aqcha olub, turadurgan joylarini ko‘rsatdi. Ul vaqt Allohu taolo Iso alayhissalomni yuqori makonga ko‘tardi. Joylarini ko‘rsatgan Yudoni Hazrati Iso suvratlariga kirguzdi. Yahudiylar oni tutub, dorga ostilar.
Hazrati Isoning vasiyatlari uzra havoriyunlar har tarafga yoyilub, o‘zlarin yozg‘an Injil kitoblarin tarqatmakka va Nasoro dinini nashr etmakka boshladilar.
Iso alayhissalomdin so‘ng dini islomni chiqishigacha olti yuz yil miqdori o‘tdi. Bu aroda payg‘ambar kelmay, vahiyi ilohiy kesilub, dunyo ko‘zi bir payg‘ambarning kelishiga tikilub, zamon quchog‘i bir rahnamoning vujudina ochilub qoldi.
Barcha payg‘ambarlarning avvali va barcha insonlarning atolari Odam alayhissalomdurlar. Oxirlari va hammadin afzallari "Xotim ul-anbiyo" va Muhammadul Mustafo sallallohu alayhi vasallamdurlar. Bu ikki payg‘ambarlar arolarinda ko‘p payg‘ambarlar kelub ketganlar. Hisoblari faqat Allohu taologa ma’lumdir. Hammalari Allohning sevikli bandasidurlar. Eng afzali va shariaticha mukammali bizning payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam hazratlaridurlar.