Assalamu alaykum!
Mani fikrimcha, Alloh mani yaxshi ko'radi, yoki Alloh mani yomon ko'radi, deb aniq etib bo'lmasa kk. Chunki Alloh yaxshi bandalarini yomonlik bn ham sinashini, yoki yomon odamlaga ko'p yaxshiliklani berib qo'yganini ko'rishimiz mn.
Bir qori akani ma'ruzlarida hikoya aytilgandi, shu mavzuga oid.
Boyni qul bor ekan. Ibodatga berilgan, namozni vaqtida ado etadigan qul ekan. Bir kuni yarim kechada boy uyqusidan uyg'onib qarasa quli Tahajjudni tugatayotgan ekan. Namoz so'ngida duo qilibdi: "Ey Allohim,
bilman Sen meni yaxshi ko'rasan, shu manga bo'lgan sevging haqqi hurmatidan mani gunohlarimni kechirgin, yo Rabbim!".
Duoni eshitib boy hayron bo'libdi. Quli namozni tugatgach, quliga: "Sen mima sababdan unday duo qilyapsan, bu kabi duo qilishing noto'g'ri. Sen: "Allohim men Seni yaxshi ko'raman, meni Senga bo'lgan sevgim hurmati, mani gunohlarimni kechir!" deyishing kerak,
sen qayerdan bilasan Alloh seni yaxshi ko'rishini?",-debdi. Shunda qul: "Ey hojam, agar
Alloh meni yaxshi ko'rmaganida, kechasi turib o'ziga duo qilishlikni nasib qilarmidi?", deb javob qilgan ekan.
Alloh taolo suygan bandasiga iymon beradi,
Alloh subhanahu va taolo suygan bandasiga ibodat va duodan lazzat olish imkonini beradi.
Alloh subhanahu va taolo suygan bandasini bu hayoti dunyoda turli sinovlar bilan sinaydi!
Hammamizga Alloh taoloning suygan bandalari qatorida bo'lishlik nasib qilsin! Amin!