Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.

<< < (2/15) > >>

Munira xonim:
Oltinchi tavsiya.
Sadaqaning fazilati.

Ka'b ibn Ujradan rivoyat qilinishicha, Rasululloh s.a.v. marhamat etdilar:
- Ey Ka'b, harom yo'l bilan ozuqlanib o'sgan na qon, na go'sht jannatga kirmas, u jahannamga loyiqdir. Ey Ka'b, insonlar tongda ikki holtda chiqadilar, biri bordirki, nafsining qullik zanjirini parchalab, bu sabab ila uni ozod etib chiqadi, boshqasi esa, uni bog'lab chiqadi.
Ey Ka'b, namoz yaqinlikdir, ro'za qalqondir, sadaqa esa go'yoki, gardning porloq toshdan qoib ketgani kabi xatolarni o'chirar".
Ibni Xibbon rivoyati.

Muoz ibn Jabaldan r.a. naql qilinishicha:"Rasululloh s.a.v. bilan birga safarda edik, u zot shunday dedilar:
- Ey, Muoz, sizga xayr eshiklarini ko'rsataymi?
Men bo'lsam:
- Ha, ko'rsating yo Rasululloh s.a.v.,-dedim.
rasululloh s.a.v. marhamat qildilar:
- Roza zirhdir, sadaqa esa suv otashni o'chirgandek xatolarni o'chirar".
Imom Termiziy rivoyati.

"Shubhasiz, sadaqa o'z egasidan qabrlarning otashini o'chiradi. Faqat va faqat mo'min qiyomat kunida sadaqasining soyasidan soya topadi".
Tabaroniy, Bayhaqiy rivoyatlari.

Maymuna binti Sa'd shunday rivoyat qiladi:"Yo, Rasululloh s.a.v., bizga sadaqa haqida tushuntiring", dedim. U zot marhamat qildilar:"Shubhasiz, sadaqa Alloh rizosi uchun bo'lib, u savobini Allohdan kutgan bandani otashdan to'sadi".
Tabaroniy rivoyati.

Munira xonim:
Yettinchi tavsiya.
Ikki rakat choshgoh namozi va oyda uchun kun ro'za tutishning fazilati.

Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinadi:"Mening habibim s.a.v. menga har oyda uch kun ro'za tutishimni, ikki rakat choshgoh namozini ado etishimni va uyqudan avval vitr namozini o'qishligimni tavsiya etdilar".
Imom Buxoriy, Muslim, Tremiziy, Abu Dovud, Nasaiy rivoyatlari.

Ibni Xuzaymaning kitobida esa bu hadis shu tarzda naql qilinadi:"Mening Habibim s.a.v. tark etmaganim uch narsani tavsiya qildilar:Vitr namozini o'qimasdan uxlamasligimni, ikki rakat choshgoh namozini qoldirmasligimni,chunki choshgoh namozi Allohga intilganlarning namozidir, har oyda uch kun ro'za tutishligimni".

Abdulloh ibn Amr ibn Osdan r.a. rivoyat qilinadi, Rasululloh s.a.v. shunday marhamat qilinadi:"har oyda uch kun ro'za tutmoqlik butun yil davomida ro'za tutish demakdir".
Imom Buxoriy, Muslim rivoyati.

Abu Zarrdan r.a. qivboyat qilinishicha, Rasuli Akram s.a.v. marhamat qiladilar:"Har bir tasbeh bir sadaqadir,har bir tahmid bir sadaqadir, har bir takbir bir sadaqadir. Yahshilikka buyurmoq bir sadaqadir. Yomonlikdan qaytarmoq bir sadaqadir. Choshgoh vaqtidagi namoz ham bunga bir badaldir".
Imom Muslim rivoyati.

Yana Abu Zarradan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh s.a.v. shunday marhamat qiladilar:"KIm har oyda uch kun ro'za tutsa, bu bir yil ro'za tutganga tengdir.
Alloh taolo  ham O'z Kitobida bu hukmni tasdiqlab marhamat qiladi:"Kim bir hasana keltirsa, unga o'n misli bordir".
"An'om surasi", 160-oyat mazmuni.
Shu sababdan bir kun o'n kunga to'g'ri keladi".
Imom Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja, Ibni Xuzayma, Ahmad ibn Hanbal.

Abdulloh ibn Amrda r.a. rivoyat qilinadi:"Bir kishi Rasululloh s.a.v.dan ro'za haqida so'ragan edi. Rasululloh s.a.v. marhamat qildilar:"Har oyning o'n uchunchi, o'n to'rtinchi va o'n beshinchi kunlari ro'za tuting".
Tabaroniy rivoyati,"Al-Avsat."

Jarir r.a. Rasulullohdan s.a.v. bu hadisi sharifni rivoyat qiladi:"Har oyda uch kun ro'za tutmoqlik bir yil ro'za tutish demakdir. Har oyning 13,14 va 15 tongi Ayyomu-l-Biyddir".
Nasaiy va Bayhaqiy rivoyatlari.


Munira xonim:
Sakkizinchi tavsiya.
Tasbih namozi.

Tobe'inlardan Ikrima sahobiy Ibn Abbosdan rivoyat qiladi:"Rasululloh s.a.v. shunday marhamat qildilar:"Ey,Abdumutallibning o'g'li Abbos, sizga bir narsa beraymi? Sizga bir narsa baxsh etaymi?Sizga bir narsa tuhfa qilaymi? Sizga o'n gunohdan mag'firat ettirguvchi xislatni bildiraymi? Buni bajrganingizda, ALloh sizning avvalgi va keyingi, eski va yangi, hoh bilib qilganingiz, hoh bilmay qilganingiz, hoh katta, hoh kichik, yashirin va ochiq bo'lsin, mag'firat qiladi. O'sha o'n xislat to'rt rakat namoz o'qimog'ingizdir. Har rakatda Fotiha surasini o'qiysiz, birinchi rakatning qiroatini tugatgach, qiyomda turib,"Subhallohi val-hamdulillahi va la' ila'ha illallohu vallohu akbar", deb o'n besh marta aytasiz, keyin ruku'ga borasiz, ruku'da bu duoni o'n marta zikr qilasiz, keyin boshingizni ruku'dan ko'tarib, yana o'n marta aytasiz, keyin sajdaga borasiz va sajdada ham o'n marta aytasiz,keyin boshingizni sajdadan ko'tarib yana o'n marta zikr qilasiz, keyin yana sajdaga borib o'n marta zikr qilasiz, keyin yana boshingiz ko'tarib o'n marta o'qiysiz. Bularning bari bir rakatda 75 marotabadir. Buni to'rt rakatda ado etasiz. Agar bu amalni har kuni bajarishga kuchingiz yetsa har kuni qiling. Agar kuchingiz yetmasa, har jum'ada qiling. Agar qila olmasangiz bir oyda bir marta qiling. Agar buni ham qila olmasangiz bir yilda bir marta qiling. Agar buni ham bajarolmasangiz umringiz davomida bir marta bo'lsa ham bajaring".
Abu Dovud, Ibn Moja, Ibn Huzayfa.

Tasbih namozi deb atalmish ushbu namozning fazilati g'oyatda ulug'dir. Ey musulmon birodarim, qo'lingdan kelganicha bunga ahamiyat ber. Alloh bizni va seni bu xayrda muvaffaq aylasin.
Ba'zi olimlar, masalan, Ibn Taymiya tasbih namozining rivoyat tarzini zaif ko'rishgan. Ibn Abbos naql qilgan hadis hasan hadis shartlariga yaqindir. Imom Zahabiy bu xususda hech narsa demagan. Abu Mansur ad-Daylamiy "Musnad-ul Firdavs"da:"Tasbih namozi isnod jihatidan eng sog'lom va eng mashhur namozdir", degan bo'lsa,Bayhaqiy:"Abdulloh ibn Muborak bu namozni o'qir edi. Solih kishilar buni bir-birlariga naql etardilar", deb aytgan. Abdulloh ibn Muborakdan avval yashab o'tgan Abdulaziz ibn Abu Dovud:"Kim jannatni hohlasa tasbih namozida davom etsin", degan.  Abu Hamid, Al-Juvayniy, Al-G'azzoliy va boshqalar ushbu namozni mustahab ekanligini ma'lum qilganlar.

Munira xonim:
To'qqizinchi tavsiya.
ALlohdan mag'firat va ofiyat tilamoqlikni fazilati.

Abul Fazl Abbos bin Abdumutallib r.a. naql qiladi:"Yo Rasululloh s.a.v. menga Allohdan istashim uchun bir narsa o'rgating", dedim.
"Allohdan ofiyat tilang", deb marhamat etdilar.
Bir nech kundan keyin yana:"Ey,Rasululloh s.a.v. menga Allohdan istashim uchun bir narsa o'rgating", dedim. Menga shunday marhamat qildilar:"Ey,Abbos, ey payg'ambarning amakisi, Allohdan dunyo va oxiratda ofiyat tilang".
Imom Termiziy rivoyati.

Aziz birodarim. Endi quyida Rasululloh s.a.v. ashoblariga o'rgatgan ba'zi duolarni keltiramiz.
Ibni Umardan r.a. shunday rivoyat qilinadi:"Rasululloh s.a.v. ashoblariga ushbu kalimalar bilan duo qilmasdan majlisdan kamdan-kam turar edilar:"Allohim biz bilan Senga nisbatan isyonlarning orasida to'siq bo'lguvchi taqvoyingdan, bizni jannatingga tekazuvchi toatingdan va bizga dunyo musibatlarini osonlashtiruvchi yaqin sobit iymondan bizlarga taqsim ayla. Bizni yashatganing muddatgacha quloqlarimizdan, ko'zlarimizdan va quvvatlarimizdan bizlarni foydalantir. Bularni o'limimizga qadar barqaror ayla. Qasosimizni faqat bizlarga zulm etganlarga qarshi qil. Dinimizni musibatli qilma, dunyo uchun g'am chekishlikdan va dunyo uchun ilmni vosita qilishlikdan bizni asra. Marhamatsizlarni bizning ustimizga musallat etma".
Imom Termiziy rivoyati.

Munira xonim:
Abu Hurayra r.a. Rasulullohdan s.a.v. usbu hadisni rivoyat qiladilar:"Kimki og'ir va g'amgin damlarida Alloh taolo duosini qabul qilishini  hohlasa, farog'atli damlarida ham ko'p duo qilsin".
Imom Termiziy rivoyati.

Abdulloh ibn Mas'uddan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh s.a.v. shunday marhamat etdilar:"Ey, Allohim, men Sendan hidoyat, taqvo, iffat va boylik tilayman".
Imom Muslim rivoyati.

Toriq ibn Ashyam al-Ashjoiy r.a. aytadi:"Bir kishi musulmon bo'lganida Rasululloh s.a.v. unga namoz o'qishlikni o'rgatar, keyin ushbu so'zlar bilan duo qilishni buyurar edilar:"Allohim meni mag'firat qil, menga marhamat ayla, meni hidoyatga yetkaz, menga ofiyat ber va meni rizqlantir".
Imom Muslim rivoyati.

Imom Msulimdan rivoyat qilingan bishqa bir hadisdaToriqning r.a. Rasululloh s.a.v. dan shuni eshitgani naql qilinadi:"Bir kishi kelib Rasulullohga s.a.v. dedi:"Yo Rasululloh, Rabbimdan bir narsa tilaganimda qanday tilayin?"
U Zot marhamat qildilar:"
Shunday deng:"Allohim, meni mag'firat qil, menga marhamat ayla, menga ofiyat ato et va meni rizqlantir". Mana shularning bari sizning dunyo va oxiratingizni ta'minlaydi".

Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinishicha:"Rasululloh s.a.v. marhamat etdilar:"Allohim ustida turganim ishimni xatolardan muhofaza etguvchisi bo'lgan dinimni men uchun isloh qil. Ichida rizqlanayotganim dunyoyimni ham men uchun isloh qil. Ichida oxirgi borar joyim, qaytishim bo'lgan oxiratimni ham men uchun isloh qil. Men uchun barcha yahshiliklarda hayotni barqaror ayla. O'limni esa menga har qanday yomonliklardan uzoq holda oson ayla".
Imom Muslim.

Abu Imoma r.a. shunday dedi:"Rasululloh s.a.v. shunday duo qildilarki, biz uni yodlab ololmadik. Shuning uchun:"Yo Rasululloh s.a.v. shunday duo qildingiz-u, biz ulardan hech nima eslab qololmadik,-dedik.
Rasululloh s.a.v shunday marhamat etdilar:
- Sizga bularning barisini o'zida jamlagan narsani duoni o'rgataymi? SHunday deysiz:"Allohim, Sendan Payg'ambaring Muhammad s.a.v. tilagan xayrli narsalarni Sendan tilayman. Payg'ambaring Muhammad a.s. sharridan Senga sig'ingan yomonliklardan Senga sig'inaman. Oxir qaytish Sengadir. Allohdan boshqa quvvat va mone' yo'qdir".
Imom Termiziy rivoyati.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version